Oq uy Peskovning ayblovlarini rad etdi
Olam
−
04 may 2023
7035AQSH Kremlga uchuvchisiz samolyot hujumida ishtirok etmaydi. Bu haqda bugun, 4 may kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi MSNBC telekanali efirida aytib o‘tdi.
“Biz nima bo‘lganini hali bilmaymiz, biz hech qanday baho bermayapmiz. Men ertalab Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning izohlarini, bunga qandaydir tarzda biz aralashganimiz, Vashingtonning aloqadorligi haqidagi da’volarni ko‘rdim. Sizni ishontirib aytamanki, Qo‘shma Shtatlarning hech qanday aloqasi yo‘q, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Qo‘shma Shtatlar bunga aloqador emas edi”, degan Oq uy vakili.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 may kuni Moskva Kiyevni Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilishga uringanlikda ayblagandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy voqeaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa dron hujumi ortida Vashington turganini da’vo qildi.
LiveBarchasi