Kiyev Kremlga uyushtirilgan hujum bo‘yicha munosabat bildirdi

Olam

image

Kiyevning Kremlga qilingan dron orqali hujumga aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi. Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak mazkur holatga munosabat bildirgan. Bu haqda AFP xabar berdi

“Ukrainaning Kremlga uchuvchisiz uchoqlar hujumi uyushtirilganiga hech qanday aloqasi yo‘q”, deydi Podolyak.

Shuningdek, Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov ham Ukrainaning Kremlga qilingan hujumga aloqadorligini rad etdi. 

“Bizda Kremlga tungi hujumlar uyushtirilishi bo‘yicha ma’lumot yo‘q. Prezident Zelenskiy ta’kidlaganidek, Ukraina barcha mavjud kuch va vositalarni o‘z hududlarini ozod qilishga qaratadi, boshqalarga hujum qilishga emas”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Kreml matbuot xizmati 3 mayga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qarorgohiga dron orqali zarba berishga uringani haqida xabar bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Zelenskiy Kiev Kremlga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing