Rossiya yana olti davlatni “denatsifikatsiya” qilishi aytildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya yana olti davlatni “denatsifikatsiya” qilishni xohlayotganini aytdi. Bu haqda u Twitter’da yozib qoldirgan.

“Rossiya Federatsiyasi “demilitarizatsiya va denatsifikatsiya bo‘yicha global harbiy operatsiya” doirasida Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari va Qozog‘istonga keng ko‘lamli hujum uyushtiradiganga o‘xshaydi”, deb yozgan u.

Podolyak bu haqda bir kun avval rossiyalik deputat Sergey Savostyanov ma’lum qilganini eslatgan.

“Hammasi endi boshlanmoqda. Yevropaliklar qoni ko‘p bo‘ladi, ruslar ochiqchasiga va’da berishmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq, 25 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Moskva shahar dumasi deputati Sergey Savostyanov “Ukrainaning demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasi Ukraina, Rossiya va butun Yevropa xalqlari uchun barqaror xavfsizlikni ta’minlaydi”, degan bayonot bilan chiqqan edi.

“Rossiya Federatsiyasining xavfsizligini ta’minlashning yanada to‘liq jarayoni uchun Ukrainadan tashqari, Boltiqbo‘yi davlatlari [Litva, Latviya, Estoniya], Polsha, Moldova va Qozog‘istonni denatsifikatsiya va demilitarizatsiya zonasiga kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblayman”, degan Savostyanov.

Qayd etish kerakki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 24 fevral kuni Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish uchun “maxsus operatsiya” – urush boshlanganini ma’lum qilgandi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made