Rossiya yana Xarkovga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiya harbiylari Xarkovning markaziy tumanlarini o‘qqa tutdi, kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

“Xarkovning markaziy qismini o‘qqa tutish natijasida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 4 kishi yaralandi. Ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda”, deb yozadi u.

Viloyat harbiy mahmuriyati rahbari shahar aholisidan boshpanada qolishni so‘ragan.

Shahar meri Terexovning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgani va 7 kishi yaralangani ma’lum. Uning qo‘shimcha qilishicha, 5 qavatli turar-joy binosi yoniga, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga raketa tushgani haqida ma’lumotlar tushgan.

Avvalroq Sinegubov rus bosqinchilari Xarkovning markaziy tumanlarini o‘qqa tutgani, kamida bir kishi yaralangani haqida ma’lum qilgandi.

Xarkov meri Igor Terexov, o‘z navbatida, shaharga 8 raketa tushganini aytgan. 

“Shaharning markaziy qismi artilleriyadan o‘qqa tutildi. Ilgari sakkizta kelgan. Juda katta maydon. Hozircha biz Xarkov aholisining sevimli joylaridan birida yong‘in boshlanganini bilamiz”, deydi u.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

18

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing