Rossiya Ukrainadagi 67 ta nishonga aviazarba berdi

Olam

image

Rossiya aviatsiyasi Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta qo‘mondonlik punkti va texnikasi hamda shaxsiy tarkibi to‘plangan 67 ta hududni, shuningdek 300 dan ortiq harbiyni yo‘q qildi.  Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qilgan

“Havo hujumlari oqibatida bir sutkada jami 320 nafar ukrainalik harbiy, shuningdek Ukraina Qurolli Kuchlarining 47 ta qurol va harbiy texnikasi yo‘q qilindi”, deydi Konashenkov.

Bundan tashqari, yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Ukraina xavfsizlik kuchlari batalonlarining ikkita qo‘mondonlik va kuzatuv punkti, aloqa markazi va harbiy texnikalar jamlangan 34 ta hududga zarba berilgan.

Shuningdek, bir sutkada Severodonetsk, Novochervonoye, Luganskning Vasilevka, Donetskning Panteleimonovka, Grigorovka, Krasnogorovka, Nevelskoye, Petrapole, Xarkov viloyatining Petrovskoye, g‘arbiy aholi punktlari yaqinida, Chernobayevka va Aleksandrovkada 15 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgan.

Ta’kidlanishicha, “Smerch” yalpi hujum reaktiv tizimining to‘qqizta raketasi tutib olingan. Ukrainada urush boshlangandan beri Rossiya jami 450 dan ortiq bunday qurilmalarni yo‘q qilgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing