Rossiya gazini xarid qilish – ayollar va bolalarning o‘ldirilishi uchun pul to‘lashdir – Kuleba

Olam

image

Ukraina Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirish uchun Rossiya neft va gaziga to‘liq embargo qo‘yishga intilmoqda. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. 

“Biz Rossiya neft va gaziga to‘liq embargo qo‘yishni talab qilamiz. Endi ularni sotib olish ukrainalik erkaklar, ayollar va bolalarning o‘ldirilishi uchun pul to‘lashni anglatadi. Men Yevropaning bir qator davlatlarining bu boradagi ilk qat’iy qadamlarini olqishlayman va boshqalarni ham kechiktirmasdan, qat’iy harakat qilishga chaqiraman”, deb yozadi Ukraina diplomatiyasi rahbari. 

Aytish joizki, Rossiya Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olganidan keyin, Germaniya kansleri Shols “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatish haqida buyruq berdi

AQSH ma’muriyati esa Germaniya bilan hamkorlikda Rossiyaning “Shimoliy oqim – 2” gaz quvuri ishga tushirilmasligi uchun harakat boshlagan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing