Rossiya G‘arb sanksiyalariga qarshi dahshatli javob bermoqchi
Olam
−
25 fevral 2022
81201Ukraina sharqida separatistalar tomonidan tashkil etilgan DXR va LXR suverniteti Rossiya tomonidan rasman tan olinishi ortidan Kremlga qarshi joriy qilingan Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga rasmiy Moskva jiddiy javob qaytaradi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Rossiya TIV e’lon qilgan bayonotda so‘z borgan.
“Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘yilgan navbatdagi nodo‘stona qadamlar Rossiyaning ham, bizga qardosh bo‘lgan DXR va LXR respublikalarining ham rivojlanishi uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Bu harakatlar bizni qo‘shni respubliklarga yaqindan yordam ko‘rsatish borasidagi harakatlardan to‘xtatib qololmaydi. Xalqaro huquq me’yorlarining asosi bo‘lgan o‘zaro ikki tomonlama yondashuv tamoyiliga muvofiq, biz qattiq javob choralarini ko‘ramiz”, deyiladi Kreml bayonotida.
Rossiya TIV Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha qarorini tanqid qilib, ularni “Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilish o‘rniga, sanksiyalarni qo‘llashga shoshilish”, deya atagan.
Bundan tashqari, TIV Yevropa Ittifoqi Yevropa mintaqasidagi urush va tinchlik bilan bog‘liq muammolarini bir o‘zi hal qilish vakolatiga ega emasligini ta’kidlagan.
“Bizning Donbassdagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish va Minsk kelishuvida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalda qo‘llash zarurligi to‘g‘risidagi takroriy signallarimiz Kiyev va uning G‘arbdagi kuratorlari tomonidan eshitilmadi. Ular uchun DXR va LXR aholisi shunchaki savdolashish vositasi sifatida ko‘rildi. Rossiya ushbu respublikalar mustaqilligini tan olganidan keyin ham Ukraina tomonidan ushbu hududlarni o‘qqa tutish nafaqat to‘xtamadi, balki yanada kuchaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi