Rasman: Baku Yerevanga qarshi qurolli javob hujumini boshladi

Olam

image

Ozarbayjon rasman Armanistonga qarshi quroli hujumlarni boshladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi saytida xabar qilindi. 

“Armaniston qurolli kuchlarining jangovar faoliyatini bostirish va tinch aholining xavfsizligini ta’minlash uchun Ozarbayjon armiyasi qo‘mondonligi butun front bo‘ylab qo‘shinlarimizning qarshi hujum operatsiyasini boshlashga qaror qildi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 27 sentyabr kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi sovuq munosabatlar qurolli to‘qnashuvlarga yo‘l ochdi. Baku vaqti bilan soat 06:00 da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Bakuga ko‘ra, Yereven Ozarbayjon armiyasining butun front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyalarini va frontal zonada joylashgan turar-joylarni yirik kalibrli qurollardan, minomyotlardan va turli kalibrli artilleriya inshootlaridan intensiv o‘qqa tutgan. Yerevan esa qurolli hujum Ozarbayjon tarafidan boshlanganini aytmoqda. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga ko‘ra, shaxsiy va tank bo‘linmalari raketa va artilleriya kuchlari, oldingi yo‘nalishdagi aviatsiya va uchuvchisiz uchish havo vositalari bo‘linmalarining qo‘llab-quvvatlashi bilan Armaniston qurolli kuchlarining ko‘p sonli ishchi kuchi,harbiy buyumlari va harbiy texnikasini topib, dushman mudofaasi chuqurligida joylashganligini aniqlaganlar va ularni yo‘q qilingan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Armaniston havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining OSA zenit-raketa tizimlarining 12 ta bo‘linmasi turli yo‘nalishlarda yo‘q qilingan. 

Shuningdek, Armaniston harbiylari tomonidan Ozarbayjon harbiy-havo kuchlarining jangovar vertolyoti Terter yo‘nalishida urib tushirilgan. Ekipaj a’zolari tirik. 

“Bizning qo‘shinlarimiz yashin tezligida qarshi hujum operatsiyasi davom etmoqda”, deyiladi rasmiy Baku bayonotida. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetmish yebshinchi sessiyasida chiqish qilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston xalqaro hujjatlarga id ravishda o‘t ochish sulhini keskin buzib kelayotgani, tahdid qilayotganini aytib, Yerevan Bakuga urush ochish taraddudida turganini ochiqlagandi. Bunga javoban 25 sentyabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan chiqish qilib, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ hududi bo‘yicha bir taraflama muzokara va murosa tarafdori bo‘layotgani, biroq bu Yerevanning manfaatlariga mos emasligi, Ozarbayjonning talabi bilan hammasini boshidan boshlash esan, yangi urush ochishga sabab bo‘lishini aytgandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 iyul kuni Nikol Pashinyan Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi so‘nggi keskinlik va Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish jarayoni borasida Armanistonning pozitsiyasini taqdim etgan. Armaniston hukumati rahbari ikki respublikasi chegarasida iyul oyida bo‘lib o‘tgan qurolli to‘qnashuv paytida keskinlikni pasaytirmaslikka, balki bundan ham ko‘proq zo‘ravonlik qo‘zg‘atishga harakat qilgan yagona mamlakat Turkiya ekanligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-16 iyul kunlari ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham qurolli to‘qnashuvga ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Rasmiy Baku 11 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 yarali haqida ma’lumot berdi.

Qayd etish kerakki, Armaniston va Ozarbayjonning hududiy muammosi so‘nggi 30 yildan beri davom etyapti. Buning sababi Armanistonning Ozarbayjonga tegishli bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ni egallab olishidir. Xalqaro hamjamiyatning e’tirozlariga qaramay, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga qaytarmay keladi.

Vaziyat shu darajadaki, agarda ikki tomon ham tinchlanmasa davlatlar o‘rtasida urush boshlanishi ehtimoli yuqori. 

Yaqinda Yerevan harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirdi. Rossiyadan bir necha samolyotda Armanistonga qurol-aslahalar yuborildi. Shu bois Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyaning bu boradagi “g‘amxo‘rligiga” o‘z e’tirozini билдирди. Buning ortidan Ozarbayjon Turkiya ham bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirishga kirishdi. Ikki mamlakat harbiylari ishtirokida qo‘shma mashqlar o‘tkazildi. Turkiya har qanday vaziyatda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qurolli to'qnashuv Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing