Ozarbayjon va Armaniston 30 yil deganda til topishdi
Olam
−
08 dekabr 2023
10127Kecha, 7 dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri devoni tinchlik shartnomasi tuzilishi haqida qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
“Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi mintaqada uzoq kutilgan tinchlikka erishish uchun tarixiy imkoniyat yaratildi, degan fikrda. Ikkala davlat ham munosabatlarni normallashtirish va suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillarini hurmat qilish asosida tinchlik shartnomasiga erishish niyatini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.
Quyida hujjat matni keltirilgan:
“Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri devoni o‘rtasidagi muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ozarbayjon Respublikasi insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda va xayrixohlik belgisi sifatida 32 nafar arman harbiy xizmatchisini ozod qilmoqda.
O‘z navbatida, Armaniston Respublikasi ham insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda va xayrixohlik belgisi sifatida 2 nafar ozarbayjonlik harbiy xizmatchini ozod qildi.
Armaniston Respublikasi Ozarbayjon Respublikasi nomzodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP-29) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasiga mezbonlik qilish uchun o‘z nomzodini xayrixohlik sifatida qaytarib oladi. Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi Sharqiy Yevropa guruhining boshqa davlatlari ham Ozarbayjon nomzodini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda. Ozarbayjon Respublikasi xayrixohlik sifatida Sharqiy Yevropa guruhidan Armaniston Respublikasining COP Byurosi a’zoligiga nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi yaqin kelajakda qo‘shimcha ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradilar va xalqaro hamjamiyatni ikki davlat o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yordam beradigan va butun Janubiy Kavkaz mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi”.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida qo‘shma bayonot qabul qilingani munosabati bilan izoh berdi.
“Ozarbayjon insonparvarlik qadriyatlaridan kelib chiqib, xayrixohlik belgisi sifatida 32 arman askarini ozod qilmoqda. O‘z navbatida, insonparvarlik qadriyatlaridan kelib chiqqan holda va xayrixohlik belgisi sifatida Armaniston ikki nafar ozarbayjonlik harbiy xizmatchini ozod qilmoqda”, deydi Bosh vazir.
LiveBarchasi