Ozarbayjon va Armaniston kelishib oldi
Olam
−
30 noyabr 2023
5220Bugun, 30 noyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiyalar vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘z uchrashuvlarining intensivligini oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“30 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasidagi chegarada, Armaniston Bosh vazirining o‘rinbosari Mger Grigoryan va Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev raisligida, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya qilish va chegara xavfsizligi bo‘yicha komissiya hamda mamlakatlar o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar delimitatsiya masalalarini muhokama qilishni davom ettirdilar va bir qator tashkiliy va protsessual masalalarni ko‘rib chiqdilar. Komissiyalarning birgalikdagi faoliyati to‘g‘risidagi nizom loyihasini kelishish bo‘yicha ishlarni boshlashga, shuningdek, Komissiyalar majlislarini o‘tkazishni faollashtirishga kelishib oldilar”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Armaniston TIVning qayd etishicha, tomonlar avvalroq uchrashuvlar va qo‘shma ishchi uchrashuvlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha reglament matnini kelishib olgan. Shuningdek, komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va joyini ishchi tartibda belgilash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.