Putin o‘zini Pyotr I bilan qiyosladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya kurashishi, o‘zini o‘zi himoya qilishi kerak va asrlar davomida shunday bo‘lib kelgan. Rossiya Prezidenyati Vladimir Putin yosh tadbirkorlar va kashshoflar bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi va o‘zini Rossiya imperatori Pyotr I ga qiyosladi.

“O‘zimizni himoya qilish, kurashishimizga to‘g‘ri kelayotgani – bu aniq narsalar. Hozir biz Buyuk Pyotrning 350 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada edik. Deyarli hech narsa o‘zgarmadi. Mana Pyotr I Shimoliy urushni 21 yil davomida olib borgan. U Shvetsiya bilan urushayotganga o‘xshadi, nimanidir tortib oldi... U hech narsani tortib olmadi: u qaytardi. Ha, lekin qanday qilib? Ha shunaqa”, degan Putin yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvda.

U Pyotr yangi shimoliy poytaxtga asos solganida, Yevropa davlatlaridan hech biri bu hududni Rossiya deb tan olmaganini eslagan. 

“Hamma buni Shvetsiya deb tan oldi. Holbuki, u yerda qadim zamonlardan beri fin-ugor xalqlari bilan bir qatorda slavyanlar ham yashagan”, deb eslatgan Putin.

RF Prezidenti qo‘shni davlatga urush ochishdan maqsad xuddi Pyotr I kabi tarixiy yerlarni qaytarib olish ekaniga ishora qilgan. Ayni vaqtda u Ukraina bilan urushni tilga olmagan.

“Ko‘rinib turibdiki, bizning gardanimizga ham (yerlarni) qaytarib olish va mustahkamlash tushgan”, degan u.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing