Pugachyova ko‘rinish berdi

Madaniyat-san’at

image

Turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinning ortidan Kiprga jo‘nab ketgan xonanda Alla Pugachyova Limassoldagi(Kipr) uyidan turib muxlislari bilan aloqaga chiqdi. 

U o‘zining Instagram sahifasiga bolalari va erining fotosuratlarini joylashtirdi. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" nashri xabar berdi.

Alla Pugachyova Isroilni tark etganidan buyon ko‘rinish bermayotgandi. 

Ammo u bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarga qaytdi. Xonanda o‘zi va Galkin tushgan suratni hamda bolalari Lizza va Garrining tasvirlarini e’lon qildi. Suratlarning ostiga “Biz baxtli hayotimizni davom ettiramiz”, deb yozib qo‘ygan.

Maksim Galkin esa "One" majmuasidagi kvartirasida olingan videoni e’lon qildi.

Bildirilishicha, hajvchi va uning rafiqasi bu mamlakatda Isroildagi vaziyat barqarorlashguncha qolishga qaror qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Galkin gastrol safari sabab Isroilni tark etgandi.
Undan so‘ng Alla Pugachyova bolalari bilan uning ortidan Kiprga jo‘nab ketdi va shundan so‘ng bir necha kun issiz g‘oyib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Pugachyova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing