Pugachyova Isroilga qaytganini ma’lum qildi

Madaniyat-san’at

image

“Biz Maks bilan yubileyga boramiz”. Xonanda Alla Pugachyova “Instagram“dagi sahifasida do‘sti, musiqachi va "xorijiy agent" Andrey Makarevichning 70 yillik yubileyini nishonlash uchun Kiprdan Isroilga qaytganini ma’lum qildi.

“Biz Maks bilan ajoyib inson va musiqachining yubileyiga boramiz. Andrey Makarevich 70 yoshda. Biz mehmondorchilikka otlandik”, deb yozadi rus estradasi yulduzi.

Pugachyovaning eri hajvchi Maksim Galkin ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Yevropa bo‘ylab gastrol safaridan so‘ng, mamlakatga qaytgani aks etgan videosini joyladi.

O‘tgan yili komediyachi Rus bosqinini omma oldida qoralaganidan keyin Alla Pugachyova va bolalari bilan Isroilga ko‘chib ketgandi.

Biroq, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi jangovar harakatlar avjiga chiqqach, ular bir muddat gastrol safari bahonasida yangi vatanini tark etgandi. Shu asnoda rus yulduzlari Kiprdan qo‘nim topgani aytilgandi.

Avvalroq, qidiruvdagi Pugachyovaning nabirasi Rossiyaga qaytishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Pugachyova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing