Pugachyova ham “xorijiy agent”ga aylanadimi? Kreml javob berdi 

Olam

image

Ayrim nashrlar Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligiga qo‘shiqchi, rus primadonnasi Alla Pugachyovani "xorijiy agent" sifatida tan olish bo‘yicha so‘rov yuborgani haqida yozdi. Bunga Kreml voizi Dmitriy Peskov munosabat bildirdi.

Peskov Pugachyovani xorij agenti sifatida tan olish haqida rasmiylar tomonidan hech qanday bayonot berilmaganini aytgan.

"Yo‘q, men bu haqda hech narsa eshitmadim. Ayni paytda Pugachyovani xorij agenti sifatida tan olish haqida birorta rasmiy bayonotga ham ko‘zim tushgani yo‘q", degan Kreml vakili tegishli savolga javob berar ekan.

Ma’lumot uchun, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha federal loyiha rahbari Vitaliy Borodin o‘z Telegram-kanalida Pugachyovani xorijiy agent sifatida tan olish tartibi boshlanganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh prokuratura Adliya vazirligidan xonandani xorijiy agent sifatida tan olishni so‘ragan.

Bunga Pugachyovaning videosi sababchi bo‘ldi, unda xonanda Stas Mixaylovning mamlakatni tark etgan san’atkorlarni tanqid qilganiga javob qaytargan. Keyin u muhojir rassomlar "bu yerga hali tiz cho‘kib emaklab kelishadi va Rossiya tomonida turib, oyoqlarini o‘pishlarini" aytgan. Pugachyova “normal odamlar qaytib kelmaydi” deb javob bergan va Mixaylovni haqoratlagan.

Bundan tashqari, Borodinning so‘zlariga ko‘ra, Isroilga jo‘nab ketganidan keyin Pugachyova bir necha bor Rossiyaga qarshi pozitsiyasini ifodalagan va xorijiy agent sifatida tan olingan eri Maksim Galkinni omma oldida qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Alla Pugachyova Moskva yaqinidagi "Krokus" konsert zalida sodir etilgan terakt haqida fikr bildirgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pugachyova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing