“G‘am Instagram'da emas, qalbda bo‘lishi kerak.” Alla Pugachyova Moskvadagi terakt haqida

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 28 mart kuni rus primadonnasi, qo‘shiqchi Alla Pugachyova Moskva yaqinidagi "Krokus" konsert zalida sodir etilgan terakt haqida fikr bildirdi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasiga post joyladi.  

Pugachyova kinoya aralash: “G‘am Instagram'da emas, qalbda bo‘lishi kerak, omin”, deb yozgan.

Ma’lumot uchun, bir kun avval Pugachyova asli tojikistonlik xonanda Manijaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qoldirgan izohi tufayli tanqid qilingan edi. U Manijaning "Krokus"dagi terakt munosabati bilan yozilgan videomurojaati ostida "Kechir", deb yozgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Manija Moskvadagi teraktdan so‘z ochib, kaltak markaziy osiyoliklar boshida sinayotganligidan xavotir bildirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing