Qidiruvdagi Pugachyovaning nabirasi Rossiyaga qaytishi mumkin
Madaniyat-san’at
−
16 dekabr 2023
8560Xonanda Alla Pugachyovaning nabirasi Nikita Presnyakov AQSHni tark etib, Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar berdi.
Bildirilishicha, 32 yoshli qo‘shiqchi va aktyor Presnyakov Qozog‘istonga yangi video suratga olish uchun kelgan. U Qozog‘istonga yetib borganidan so‘ng, mehmonxonada tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
"Men film suratga olish uchun keldim va bu bizning birinchi manzilimiz", deb yozgan u.
Qo‘shiqchining muxlislari esa, u shu yo‘l bilan Rossiyaga qaytishni rejalashtiryapti, deb taxmin qilmoqda. Ammo xonanda va uning rafiqasi Alyona Rossiyada 140 ming rubl miqdordagi qarzi borligi tufayli qidiruvga berilgan.
Ma’lumot uchun, Nikita Presnyakov bir yil oldin rafiqasi Alyona Krasnova bilan birga AQSHga ko‘chib o‘tgan. 2023 yil fevral oyida u “Nik Pres” taxallusini olgan va kliplar suratga olishni boshlagan.
Nikitaning otasiga ko‘ra, u “Pugachyovaning nabirasi” sifatida tanilishni istamaydi. Presnyakov musiqachilar sulolasida tug‘ilganligi uchun o‘zini yomon his qiladi. U mashhur qarindoshlarining yordamisiz o‘zi hamma narsaga erishmoqchi.
LiveBarchasi