Prigojin Sankt-Peterburgda dafn etildi

Olam

image

"Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi Sankt-Peterburg qabristonlaridan birida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prigojinning matbuot xizmati xabar berdi. 

"Yevgeniy Viktorovich bilan vidolashuv yopiq formatda bo‘lib o‘tdi. Vidolashmoqchi bo‘lganlar Poroxov qabristoniga tashrif buyurishlari mumkin", deyiladi xabarda.

Hozircha Prigojinni so‘nggi manzilga kuzatish joyi ma’lum qilinmagan. Poroxov qabristoni xodimining aytishicha, tadbirkor otasining yoniga dafn etilgan. Dafn marosimi yaqinlarining iltimosiga ko‘ra yopiq shaklda o‘tkazilgan.

“Ular bu ishni reklama qilmaslikni so‘rashdi”, deya qo‘shimcha qilgan qabriston ishchisi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 avgust kuni bortida Prigojin bo‘lgan xususiy samolyot Tver viloyatida halokatga uchragan, bortdagi barcha-10 kishi halok bo‘lgandi. Putin qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Oldinroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinni dafn etish qarorini uning qarindoshlari qabul qilishi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin dafn marosimida qatnashmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

dafn marosimi Evgeniy Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made