O‘zbekiston delegatsiyasi Xomanaiyning dafn marosimida qatnashdi 

Olam

image

Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Eronning AQSH va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan sobiq oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi. Bu haqda “Mehr news” xabar berdi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya Eron sobiq oliy rahnamosi marhum Ali Xomanaiyning dafn marosimida qatnashgan.

Shuningdek, Turkmaniston xalqining Milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham marhumning dafn marosimida ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Eron va Iroqda mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashish uchun olti kunlik keng ko‘lamli motam marosimlari boshlandi. Eron Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va motam tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha shtab rahbari Ali Akbar Purjamshidiyon 30 dan ortiq davlat va 90 dan ziyod mamlakatning diniy peshvolari vidolashuv marosimlarida qatnashishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Motam tadbirlari bugun, 3 iyul kuni Tehrondagi “Mosalla” majmuasida boshlangan. Shu vaqtdan boshlab maydon ommaviy vidolashuv uchun ochiq. Marosimlar mamlakatning boshqa shaharlari, jumladan, Qum va Mashhadda ham bo‘lib o‘tadi. Alohida tadbirlar shia islomi uchun muqaddas sanalgan Iroqning Najaf va Karbalo shaharlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Oliy rahbar jasadini dafn etishning yakuniy marosimi 9 iyul kuni Mashhadda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan rasmiy vidolashuv marosimi uning 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga bergan ilk zarbalari oqibatida vafot etganidan qariyb to‘rt oy o‘tib o‘tkazilmoqda.

Nurdinjon Ismoilov Toshkent shahridagi Eron elchixonasiga tashrif buyurib, marhum Eron Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ochilgan xotira daftarini imzolagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing