Prezidentning Italiyaga safari yakunlandi
Jamiyat
−
09 iyun 2023
4617Bugun, 9 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiya Respublikasiga tashrifi yakuniga yetdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar tugagach, Milanning “Malpense” aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan. Prezident Toshkentga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 iyun kuni O‘zbekiston yetakchisi Rimda Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.
Shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Milan shahrida esa ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazildi. Prezident Mirziyoyev Lombardiya gubernatori Attilio Fontanani qabul qildi, Italiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi hamda to‘qimachilik mashinasozligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
LiveBarchasi