Pentagon sun’iy intellektning nazoratga olinmaganidan xavotirda

Olam

image
Sun’iy intellekt boshqaruvidagi harbiy dron o‘z operatorini o‘ldirmoqchi bo‘ldi north_east

Sun’iy intellekt boshqaruvidagi harbiy dron o‘z operatorini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

AQSH Mudofaa vazirligi sun’iy intellektni boshqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar haqida ko‘proq ma’lumotga muhtoj. Shu sababli, Pentagon sun’iy intellekt ishlab chiquvchilarini shaffof bo‘lishga chaqiradi. Bu haqda kecha, 29 sentyabr kuni AQSH Mudofaa vazirligining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘limi boshlig‘i Kreyg Martell “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz faqat modellarni qurishning yakuniy natijasini olamiz, bu yetarli emas”, deya tushuntiradi Martell.

U sun’iy intellekt ishida qo‘llaniladigan katta til modellarini “topilgan o‘zga sayyoraliklar texnologiyalari” bilan taqqoslagan. Pentagon rasmiysi ushbu modellarning tuzilishi va ular ishlatadigan ma’lumotlar haqida hech qanday tushunchaga ega emasligini bildirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniyalar o‘z tizimlari sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar haqida ma’lumot bermayapti.

“Ular hukumatga kashfiyotlarining qurilishi haqida batafsilroq tushuncha berishni istashmaydi. Hattoki, sun’iy idrokka asoslangan yangiliklarining zararli va manfaatli tomonlarini ham yashirishadi”, deya vaziyatni izohlagan Martell.

“Pentagon xususiy sektordan ko‘ra yangi texnologiyalardan foydalanishda ehtiyotkorroq bo‘lishi kerak. Biz katta til modellarini to‘xtatmoqchi emasmiz. Faqat ulardan qanday foydalanilgani, ijobiy jihati, potensial xavf-xatarlari va ularga qarshi qanday kurashish kerakligi haqida bilimga ega bo‘lmoqchimiz”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniyaning Fyurt shahridagi Lyuteran cherkovida ChatGPT sun’iy intellekti va’z o‘qigandi. Uni tinglash uchun uch yuzdan ortiq dindorlar yig‘ildi. Seulda esa EveR 6 nomli android robot Janubiy Koreya milliy orkestri konsertida dirijyorlik qildi. Daniyada ChatGPT sun’iy intellekti siyosatga aralashdi.  Bosh vaziri Mette Frederiksenning parlamentdagi nutqini ChatGPT yozib berdi. AQSH armiyasi tomonidan o‘tkazilgan simulyatsion sinovlar paytida sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan harbiy dron operatorni o‘ldirmoqchi ham bo‘lgan. OpenAI va Google Deepmind kabi texnologik kompaniyalarning bir guruh rahbarlari va olimlari apokaliptik ogohlantirish bilan chiqqandi. Ular sun’iy intellekt insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pentagon sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing