Rubio örniga AQŞ davlat kotibi bölişi mumkin bölgan nomzod ma’lum qilindi

Olam

−

image

AQŞning Hindistondagi elçisi Serdjio Gor davlat kotibi Marko Rubio örnini egallaşi mumkin. AQŞ Prezidenti Donald Tramp atrofidagilar uni bir neçta yuqori lavozimlarga, jumladan, davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida körib çiqmoqda. Bu haqda önta manbaga tayanib, “The Washington Sun” xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, Gor nomzodi respublikaçilar oraliq saylovlarda mağlubiyatga uçraganidan keyin Tramp atrofidagi doiralarda muhokama qilinmoqda. Unga hozirda Marko Rubio egallab turgan davlat kotibi lavozimi, Syuzi Uayls örniga Oq uy apparati rahbarligi yoki Kristofer Landau örniga davlat kotibining birinçi örinbosari lavozimi taklif etilişi mumkin.

Içki muhokamalardan xabardor AQŞ rasmiysining aytişiça, Gor jamoatçilik oldida yanada faolroq rol öynaşni istaydi.

Davlat departamenti va respublikaçilar orasidagi ayrim vakillar Rubioning 2028 yoki 2032 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaşişga tayyorgarlik köriş uçun ma’muriyatni tark etişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Naşr, şuningdek, Syuzi Uaylsning Tramp atrofidagi mavqei ham beqaror ekanini qayd etgan.

Gorning özi esa boşqa lavozimga ötiş niyatida ekani haqidagi xabarlarni rad etgan.

“Bu xabar mutlaqo bema’nilik. Davlat kotibi Marko Rubio tarixdagi eng malakali, muvaffaqiyatli va ajoyib davlat kotibi ekanini isbotladi. Uning örnini heç kim bosa olmaydi, u mening yaqin döstim. Men boşqa heç qanday lavozimga qiziqmayman”, degan Gor naşrga.

AQŞ Davlat departamenti ham uning lavozimi kötarilişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etgan. Davlat kotibining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça yordamçisi Dilan Jonson bu ma’lumotlarni anonim manbalarga asoslangan uydirma miş-mişlar deb atagan.

Oq uy vakili ham Gor boşqa lavozimga qiziqmayotganini bildirgan. Uning aytişiça, Gor Rubio va Uayls öz vazifalarini yaxşi bajarayotganini hisoblaydi.

Gor avvalroq Oq uyda kadrlar siyosati boşqarmasiga rahbarlik qilgan. U minglab davlat lavozimlariga nomzodlarni tanlaş va tekşiriş bilan şuğullangan. Şuningdek, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Trampning saylovoldi ştabida işlagan va qariyb 10 yil Kapitoliyda faoliyat yuritgan.

U 2025 yil noyabr oyida AQŞning Hindistondagi elçisi etib tayinlangan. Bundan taşqari, Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça AQŞ maxsus vakili lavozimini ham egallaydi. Tramp bilan bevosita aloqasi tufayli Gor xorijiy vakillar bilan muzokaralarda, jumladan, Hindistondan taşqarida ham qatnaşadi. Rubio avvalroq uning prezident bilan töğridan töğri aloqasini Davlat departamenti va mezbon mamlakat uçun “ulkan ustunlik” deb atagan.

Naşrning qayd etişiça, Gorning vazirlar mahkamasidagi lavozimlardan birini egallaşi hozirça aniq emas. Bunday tayinlov Senat tomonidan tasdiqlanişi kerak. Uning Hindistondagi elçi lavozimiga nomzodi körib çiqilganida, Senatdagi barça demokratlar tayinlovga qarşi ovoz bergan.

Avvalroq, “The Daily Mail” manbalari respublikaçilarning oraliq saylovlardagi mağlubiyatidan keyin Oq uyda tuşkun muhit yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi. Yuqori martabali amaldorlarga köra, Trampning jahli çiqqan va u atrofidagilar bilan deyarli gaplaşmagan. Naşr suhbatdoşlari mağlubiyat uçun Rubio va Pentagon rahbari Pit Xegsetni mas’ul deb hisoblagan. Gazeta manbalaridan biri Rubioning siyosiy faoliyati yakunlanişi mumkinligini aytgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing