AQŞdagi saylovlarda beş musulmon ayol siyosatçi ğalaba qozondi
Olam
−
16:08 640 3 daqiqa
AQŞda joriy yilning 3 noyabr kuni ötkazilgan oraliq saylovlarda kelib çiqişi Iordaniya, Falastin, Somali, Pokiston va Dominikan Respublikasiga borib taqaladigan beş ayol siyosatçi ğalaba qozondi.
Ruva Romman
Ruva Romman 1993 yilda Iordaniyada tuğilgan, falastinlik qoçqinlarning nabirasi. U 8 yoşida oilasi bilan AQŞning Jorjiya ştatiga köçib borgan. Romman siyosiy faoliyatini jamoatçilikni saylovlarda iştirok etişga undaş va fuqarolik faolligini oşiriş bilan boşlagan. U Georgia Muslim Voter Project hamda Asian American Advocacy Fund taşkilotlarida faoliyat yuritgan, şuningdek, CAIR Georgia taşkilotida kommunikatsiyalar böyiça direktor bölib işlagan.
2022 yilda u Jorjiya ştati Vakillar palatasiga saylangan ilk musulmon ayol va ştatda saylangan ilk falastinlik amerikalik bölgan. 3 noyabr kungi saylovda esa Jorjiya ştati Senatining 7-okrugi uçun kuraşib, dastlabki natijalarga köra, 66 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi.

Raşida Tlaib
Raşida Tlaib 1976 yilda Miçigan ştatining Detroyt şahrida tuğilgan. U falastinlik muhojirlarning 14 farzandidan eng kattasi. Huquqşunos bölgan Tlaib 2008 yilda Miçigan ştati qonunçilik organiga saylangan ilk musulmon ayol sifatida tarixga kirgan.
2019 yildan buyon AQŞ Kongressi Vakillar palatasida Miçigan ştatining 12-okrugi vakili sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U korporatsiyalar faoliyati, ekologik muammolar, ijtimoiy adolat va aholining turmuş şaroitiga oid masalalarni kötarib keladi. 3 noyabr kungi saylovda respublikaçi Jeyms Xuperga qarşi kuraşib 76 foiz ovoz bilan Kongressdagi beşinçi muddatini qölga kiritdi.

Ilhan Umar
Ilhan Umar 1982 yilda Somali Demokratik Respublikasining Mogadişo şahrida tuğilgan. U bolaligida oilasi bilan mamlakatdagi uruş sabab qoçqin sifatida Keniyaga ketgan, keyinçalik AQŞga köçib borgan. Umar 2018 yilda Kongressga saylanib, AQŞ Vakillar palatasiga kirgan ilk afrikalik qoçqin va Minnesota ştatidan saylangan ilk qora tanli ayol bölgan.
U Minnesota ştatining 5-kongress okrugi vakili hisoblanadi. 3 noyabr kuni bölib ötgan saylovda respublikaçi Jon Nagelni mağlub etib, Kongressdagi beşinçi muddatini qölga kiritdi.

Maryam Xon
Maryam Xon Pokistonda tuğilgan va 1994 yilda bolaligida oilasi bilan AQŞga köçib borgan. U maxsus ta’lim yönalişida tahsil olgan, siyosatga kirişidan avval öqituvçi bölib işlagan.
Xon 2022 yilning mart oyida Konnektikut ştati Vakillar palatasiga ötkazilgan navbatdan taşqari saylovda ğalaba qozonib, uşbu palataga saylangan ilk musulmon vakil bölgan. U ta’lim, maxsus ehtiyojli bolalar huquqlari va jamoatçilik manfaatlariga oid masalalar bilan şuğullangan. 3 noyabr kungi saylovda Konnektikut ştati Senatining 2-okrugi uçun kuraşib, respublikaçi Tim Nottsni mağlub etdi. Dastlabki natijalarga köra, Xon 78,2 foiz ovoz töplagan.

Darializa Avila Şevale
Darializa Avila Şevale – dominikanlik muhojirlar oilasida tuğilgan afro-lotin siyosiy faoli. U Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida tahsil olgan, jamoatçilik taşkilotlarida faoliyat yuritgan va immigratsiya masalalari bilan şuğullangan. Keyinçalik islom dinini qabul qilgan.
Şevale siyosiy faoliyati davomida Falastin huquqlarini qöllab-quvvatlagan, ijtimoiy tenglik, uy-joy masalasi va muhojirlar huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullangan. U Joriy yilning iyun oyida Demokratik partiya praymerizida Nyu-Yorkning 13-kongress okrugi böyiça amaldagi kongressmen Adriano Espayyatni mağlub etgan. 3 noyabr kungi umumiy saylovda ham ğalaba qozondi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Demokratik partiya vakili Abdul al-Said Miçigan ştati böyiça AQŞ Senatiga ötkazilgan saylovda respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozonib, mamlakat tarixida ilk bor Senatga saylangan musulmon nomzod bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi