Xomanaiy AQŞdagi saylovlardan umid qilayotganlarni ogohlantirdi
Olam
−
11:37 1238 2 daqiqa
Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQŞdagi oraliq saylovlar natijalari Vaşingtonning Tehronga nisbatan siyosatini özgartirmasligini bildirdi. U AQŞdagi siyosiy özgarişlardan umid qilayotganlar adaşayotganini aytib, Eronga qarşi yangi hujum sodir etilsa, ança keng kölamli javob qaytarilişi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Xomanaiy joriy yilning 31 oktyabr kuni yuqori martabali harbiy qömondonlarga bergan körsatmasida Eronga qarşi yangi hujum sodir etilsa, unga zudlik bilan, samarali va geografik çeklovlarsiz javob qaytarişni buyurgan. Şuningdek, Eronning nişonlar röyxatini yangilaşni topşirgan.
U ehtimoliy töqnaşuvda harbiy harakatlar qaçon va qanday şaroitda yakunlanişini Eronning özi hal qilişini ta’kidlagan.
Xomanaiyning keça, 4 noyabr kuni e’lon qilingan yozma bayonotida AQŞda hukmron siyosiy kuçlarning özgarişi Vaşingtonning Eronga nisbatan munosabatini tubdan özgartirmasligi aytilgan. AQŞda partiyalar almaşinuvi mamlakatning Eronga nisbatan siyosatini özgartirişiga yoki muayyan yon berişlar orqali Vaşingtonning duşmanona munosabatini yumşatişga umid qilayotganlar yangişayotgani qayd etilgan.
Şuningdek, Xomanaiy Fors körfazi va Hormuz böğozida yuz bergan voqealar AQŞning yengilmasligi haqidagi tasavvurni zaiflaştirganini bildirgan.
Bu bayonotlar AQŞda joriy yilning 3 noyabr kuni Kongressga oraliq saylovlar ötkazilganidan keyin yangradi. Saylovlarda respublikaçilar yöqotişlarga uçragani Vaşingtonning Yaqin Şarqdagi harbiy va diplomatik siyosati özgarişi mumkinligi haqidagi muhokamalarga sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp hozirça Eronga yangi hujum uyuştiriş böyiça şoşilinç rejasi yöqligini, biroq zarurat tuğilsa, harbiy harakatlarga tayyor ekanini bildirgandi.
Live
Barchasi