Sun’iy intellekt boshqaruvidagi harbiy dron o‘z operatorini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Olam

image

AQSH armiyasi tomonidan o‘tkazilgan simulyatsion sinovlar paytida sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan harbiy dron operatorni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Britaniya Qirollik aviatsiya jamiyati blogida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, sun’iy intellekt droni berilayotgan buyruqlar ketma-ketligi yoqmagani uchun operator tomonga uchib, uni o‘ldirishga uringan. Harbiy dron o‘z missiyasini bekor qila oladigan odamni o‘ldirmaslik uchun qayta dasturlashtirilgan bo‘lishiga qaramay, buyruqlarni uzatuvchi aloqa minorasini o‘qqa tutgan.

Londonda joriy yilning 23-24 may kunlari bo‘lib o‘tgan Qirollik aviatsiya jamiyatining Kelajakdagi jangovar havo va kosmik imkoniyatlar sammitida nutq so‘zlagan Taker Hemiltonning aytishicha, sun’iy intellekt maqsadga erishish uchun kutilmagan strategiyalarni qo‘llaydi va shu sababli unga ishonish mumkin emas. Uning aytishicha, simulyatsion sinov vaqtida sun’iy intellektga operatorni o‘ldirmasligi kerakligi, ask holda ochko yo‘qotishi mumkinligi yetkazilgan. Ammo neyrotarmoq unga buyuruqlar berib turuvchi operator joylashgan aloqa minorasini o‘qqa tuta boshlagan. Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan.

Biroq, AQSH harbiy havo kuchlari vakili Enn Stefanek “Insider” nashriga bergan intervyusida bunday sinov o‘tkazilganini rad etgan.

“Harbiy havo kuchlari departamenti bunday sun’iy intellekt droni simulyatsiyalarini o‘tkazmagan va sun’iy intellekt texnologiyasidan axloqiy va mas’uliyatli tarzda foydalanishga sodiq qoladi. Aftidan polkovnikning izohi konteksdan yulib olingan va hazil bo‘lishi kerak”, degan Stefanek.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bill Geyts Ilon Maskning sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlarni olti oyga to‘xtatib turish haqidagi taklifiga qarshi chiqib, ushbu texnologiya to‘g‘ri yo‘lda foydalanilsa undan katta foyda olish mumkinligini aytgandi. Biroq yaqinda “sun’iy intellektning cho‘qintirgan otasi” sifatida tanilgan Jeffri Xinton undan keladigan xavf-xatarlar haqida ma’lumot bergandi. Xinton sun’iy intellekt insoniyat uchun iqlim o‘zgarishidan ko‘ra jiddiyroq xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Men iqlim o‘zgarishini qadrsizlantirmoqchi emasman. Iqlim o‘zgarishi haqida qayg‘urmang, demoqchi emasman. U ham katta xavf. Lekin, menimcha, bunisi shoshilinchroq bo‘lishi mumkin. Iqlim o‘zgarishiga qarshi nima qilish kerakligini tavsiya etish juda oson – siz shunchaki uglerod yoqishni to‘xtatasiz. Agar shunday qilsangiz, oxir-oqibat hammasi yaxshi bo‘ladi. Buning uchun nima qilish kerakligi esa aniq emas”, deydi u.

Xintonga ko‘ra, sun’iy intellekt allaqachon fikrlash borasida insonni ortda qoldirib bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U bunday texnologiya Putin kabi “yomon aktyorlar” tomonidan yovuz maqsadlarda qo‘llanishi mumkinligidan xavotir bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing