SIga ortiqça işonç inson tafakkurini zaiflaştirişi mumkin – neyrobiolog
Olam
−
16:45 218 3 daqiqa
Sun’iy intellektdan ortiqça foydalaniş insonning tanqidiy fikrlaş qobiliyatini susaytirişi va uni real ijtimoiy munosabatlardan uzoqlaştirişi mumkin. Bu haqda BMTning Yangiliklar xizmati xabar berdi.
Neyrobiolog Devid Rokning fikriça, asosiy masala sun’iy intellektning odamlar uçun nimalar qilayotgani emas, balki u insonning öziga qanday ta’sir körsatayotganidir. Uning aytişiça, sun’iy intellekt avval insonning aqliy mehnatini talab qilgan vazifalarni ham bajara boşlagan. Buning oqibatida odamlar tahlil qiliş, baholaş va qaror qabul qiliş kabi jarayonlarni ham texnologiyaga topşirişga moyil bölmoqda.
Rok hozirgi jarayonni sun’iy intellekt imkoniyatlarini qöldan boy beriş qörquvidan uning salbiy oqibatlarini anglaş bosqiçiga ötiş sifatida baholagan. Uning aytişiça, taşkilotlarning atigi 5–10 foiz xodimi sun’iy intellektdan töğri foydalanmoqda. Ular texnologiyaga kundalik va takroriy vazifalarni topşirib, murakkab masalalar ustida fikrlaş uçun vaqt ajratadi. Qolganlar esa aksinça, tahlil va fikrlaş jarayonlarini ham sun’iy intellektga yuklamoqda.
Neyrobiolog bunday yondaşuv tanqidiy fikrlaş qobiliyatining asta-sekin susayişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan. Uning fikriça, inson sun’iy intellektdan foydalanayotganda ham fikrlaş jarayonida faol iştirok etişi kerak. Aks holda, yaxşi va yomon ğoyalarni farqlaş könikmasi yöqolişi mumkin.
Şuningdek, Rok zamonaviy iş muhitidagi asosiy muammolardan biri axborot yetişmasligi emas, balki uning haddan taşqari köpligi ekanini ta’kidlagan. Xodimlar kun davomida xabarlar, bildirişnomalar, yangilanişlar va sun’iy intellekt yaratgan qisqa ma’lumotlar bilan band böladi. Biroq inson miyasining diqqatni jamlaş va bir vaqtning özida köplab vazifalarni bajariş imkoniyati çeklangan.
Neyrobiolog sun’iy intellektning yana bir xavfli jihati odamlarning texnologiya bilan hissiy munosabat örnatişga intilayotganida ekanini qayd etgan. Uning aytişiça, tobora köproq insonlar çatbotlardan faqat ma’lumot oliş uçun emas, balki suhbatlaşiş, maslahat söraş va hatto noz-karaşma qiliş uçun ham foydalanmoqda.
Rok keltirgan tadqiqotlarga köra, virtual suhbatdoşlar bilan köp vaqt ötkazadigan ayrim insonlar özlarini yanada yolğiz his qilişi mumkin. Çatbotlarga kuçli boğlaniş real ijtimoiy aloqalardan uzoqlaşiş bilan ham boğliq bölişi mumkin.
Rokning ta’kidlaşiça, inson sun’iy intellektdan foydalanayotganda fikrlaş jarayonidan çetda qolmasligi kerak.
“Juda tez orada miyangizni bu jarayondan çetlaştirsangiz, uşbu könikmalarni yöqotib qöyasiz”, deya ogohlantirgan neyrobiolog.
Uning fikriça, sun’iy intellektga tahlil qiliş va qaror qabul qiliş kabi vazifalarni töliq topşiriş tanqidiy fikrlaş qobiliyatining susayişiga olib kelişi mumkin.
Rok sun’iy intellektdan foydalanişda «inson boşqaruvda» tamoyiliga amal qiliş kerakligini aytgan. Bunda texnologiya turli nuqtai nazarlarni körib çiqiş, taxminlarni tekşiriş va muqobil yeçimlarni örganişda yordam beradi. Biroq yakuniy xulosa va qaror insonning özida qolişi lozim.
Neyrobiologning ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt qançalik tez va aqlli bölmasin, inson öz tafakkurini işlatiş va rivojlantirişdan töxtamasligi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq sun’iy intellekt asosidagi çatbotlarni işlab çiquvçi Character.AI kompaniyasining bankrotlik jarayoni millionlab foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari taqdiri borasida xavotirlarni keltirib çiqargani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi