Sun’iy intellekt çatlaridagi sirlar sotuvga çiqişi mumkin
Olam
−
10:19 369 3 daqiqa
Sun’iy intellekt asosidagi çatbotlarni işlab çiquvçi Character.AI kompaniyasining bankrotlik jarayoni millionlab foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari taqdiri borasida xavotirlarni keltirib çiqardi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Platforma foydalanuvçilarga turli virtual personajlar bilan suhbatlaşiş imkonini beradi. Undan ön millionlab odamlar, jumladan, voyaga yetmaganlar ham foydalangan. Ayrimlar çatbotlarga şaxsiy hayoti, munosabatlari va ruhiy keçinmalari haqidagi maxfiy ma’lumotlarni işonib topşirgan.
Kompaniya bankrotlik jarayonida ayrim aktivlarini 20 million dollarga Disney kompaniyasiga beriş böyiça kelişuvga erişgan. Garçi uşbu bitim foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini qamrab olmasa-da, sud hujjatlarida Character.AI ma’lumotlari boşqa xaridorlarga sotilişi mumkinligi qayd etilgan.
Vaziyat AQŞda ham jiddiy e’tirozlarga sabab böldi. 40 nafar ştat boş prokuroridan iborat koalitsiya suddan kompaniya aktivlarini sotiş jarayonida bolalar xavfsizligi va foydalanuvçilar maxfiyligini himoya qiliş çoralarini körişni söradi.
Çatbotlarga işonib aytilgan sirlar kimning qöliga ötişi mumkin?
Elektron maxfiylik axborot markazining (EPIC) sun’iy intellekt va inson huquqlari dasturi direktori Kalli Şrederning tuşuntirişiça, inson qiyofasidagi çatbotlar bilan suhbatlaşiş jarayonida odamlar odatdagidan köproq şaxsiy va nozik ma’lumotlarini oşkor qilişi mumkin.
Bundan taşqari, bunday suhbatlarda faqat foydalanuvçining özi haqidagi ma’lumotlar emas, balki uning oila a’zolari, döstlari va tanişlariga tegişli maxfiy ma’lumotlar ham tarqalişi ehtimoli bor.
Mutaxassislarning xavotiri şundaki, sun’iy intellekt kompaniyalari bankrot bölganda yoki boşqa korxonalar bilan birlaşganda, ular töplagan ma’lumotlar yangi egalar ixtiyoriga ötişi mumkin.
Character.AI maxfiylik siyosati kompaniyaga foydalanuvçilar ma’lumotlaridan yangi funksiyalar yaratiş, sun’iy intellekt modellarini öqitiş, algoritmlarni rivojlantiriş va maqsadli reklama uçun profillar şakllantirişda foydalaniş imkonini beradi.
Şreder bunday ma’lumotlarning boşqa kompaniyalar qöliga ötişi şaxsiy hayot daxlsizligi uçun jiddiy xavf tuğdirişini ta’kidlagan.
Sun’iy intellekt kompaniyalarini qanday xavf kutmoqda?
BBC bilan suhbatlaşgan mutaxassislar sun’iy intellekt tizimlarini yaratiş va işlatiş katta xarajat talab qilişini ta’kidlagan. Ayrim kompaniyalar esa uzoq muddat davomida foyda körmasligi mumkin.
Şu sababli sun’iy intellekt bozorida moliyaviy inqiroz yuzaga kelişi kompaniyalarning yopilişi yoki birlaşişiga olib kelişi ehtimoli bor. Bunday vaziyatda ular töplagan foydalanuvçilar ma’lumotlari qimmatli aktivga aylanişi mumkin.
AQŞning Şimoliy Karolina universiteti huquq professori Melissa Jeykobining fikriça, amaldagi maxfiylik qonunçiligi bankrotlik jarayonida foydalanuvçilarni har doim ham yetarliça himoya qila olmaydi.
Foydalanuvçilar öz ma’lumotlarini qanday himoya qilişi mumkin?
Mutaxassislar sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanişda şaxsiy ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişni tavsiya qilmoqda.
Jumladan, foydalanilmayotgan sun’iy intellekt xizmatlaridagi yozişmalar va şaxsiy ma’lumotlarni öçiriş, maxfiylik sozlamalarini tekşiriş hamda zarur hollarda kompaniyaning qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş mumkin.
Character.AI ham foydalanuvçilar uçun akkauntni öçiriş böyiça körsatma e’lon qilgan
Mutaxassislar sun’iy intellekt xizmatlariga maxfiy ma’lumotlarni kiritişdan oldin ularning qanday saqlanişi va işlatilişiga e’tibor qaratişga çaqirmoqda.
Live
Barchasi27 Oktyabr