Parchalanib ketgan “Titan” batiskafi sifatsiz materiallardan tayyorlangani aytilmoqda

Olam

image

OceanGate bosh direktori Stokton Rush safardan biroz oldin “Titan” suv osti kemasini qurishda "muddati o‘tgan" materiallardan foydalangani bilan maqtangan. Bu haqda “The Washington Post” nashri Travel Weekly bosh muharriri Arni Vaysmannga tayanib, ma’lum qildi.

Aytilishicha, Vaysmann iyun ekspeditsiyasida ishtirok etishi mumkin edi, ammo jadvaldagi o‘zgarishlar tufayli u buni qila olmagan. Buning o‘rniga u may oyida sho‘ng‘ishga rozi bo‘lgan, biroq ob-havo yomonligi sababli ushbu safar bekor qilingan. Muharrir sho‘ng‘ish arafasida bo‘lgan suhbat uning xotirasida qolganini aytgan.

Rushning so‘zlariga ko‘ra, u kemani yaratishda foydalanilgan uglerod tolasini Boeing kompaniyasidan katta chegirma bilan sotib olgan. 

“Men darhol hayron bo‘lib so‘radim: “Siz bundan tashvishlanmayapsizmi, bu xavfli emasmi?” U mensimasdan “Yo‘q, hammasi yaxshi”, deb aytdi”, deya eslagan Vaysmann.

Nashrga ko‘ra, o‘z navbatida Boeing Rushning bayonotlarini rad etgan. Kompaniyada OceanGate yoki uning bosh direktoriga materiallar sotilgani haqida hech qanday ma’lumot topilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Atlantika okeanining “Titanik” kemasi cho‘kkan qismiga ekspeditsiya uyushtirgan “Titan” suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgan edi. Shundan so‘ng yo‘qolgan batiskafda kislorod tugagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berildi. Keyinroq AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qidiruv hududidan noma’lum qoldiqlar topilganini ma’lum qildi va batiskaf fojiasi sabablari bo‘yicha rasmiy tergov boshlandi. Ekipaj a’zolari esa halok bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq batiskaf vayronalari orasidan odam qoldiqlari topildi.


Maqola muallifi

Teglar

suv osti kemasi Titan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made