“Titan” batiskafi qoldiqlari topildi
Olam
−
11 Oktabr 2023
6403AQSH qirg‘oq xavfsizligi mutaxassislari Atlantika okeanida cho‘kib ketgan “Titan” batiskafi qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Amerika rasmiylariga tayanib, “Sky News” xabar berdi.
“AQSH qirg‘oq qo‘riqlash qo‘mitasining dengizdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyasining xavfsizlik bo‘yicha muhandislari Shimoliy Atlantika okeani tubida qolgan “Titan” qoldiqlari va dalillarni topib, suv tubidan olib chiqdi”, deyiladi Sohil qo‘riqlash xizmati bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, ekspertlar kataloglashtirish va tahlil qilish uchun portga dalillar yuborgan.
“Shuningdek, “Titan” vayronalari orasidan gumon qilingan inson qoldiqlari ehtiyotkorlik bilan olib chiqildi”, deb tushuntiradi rasmiylar.
Bildirilishicha, batiskaf qoldiqlari amerikalik mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmoqda, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni dengiz tubida boshqariladigan “Titan” kemasi halokatga uchragan. U 1912 yilda cho‘kib ketgan “Titanik” kemasi vayronalariga navbatdagi sho‘ng‘ishdan so‘ng g‘oyib bo‘ldi. Mashina bortida besh kishi, jumladan, uch nafar sayyoh bo‘lgan. Keyinroq batiskaf vayronalari orasidan odam qoldiqlari topildi. Shundan so‘ng, mashhur “Titanik” filmining rejissyori Jeyms Kemeron “Titan” batiskafi haqda serial suratga olishi xabar qilindi.
LiveBarchasi