“Titanik” rejissyori Atlantika okeanida cho‘kkan batiskaf haqida serial suratga oladi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur “Titanik” filmining rejissyori kanadalik Jeyms Kemeron joriy yilning iyun oyida Atlantika okeanidagi “Titanik” kemasi cho‘kkan joyga suvosti ekspeditsiyasi uyushtirgan va besh nafar yo‘lovchisi bilan halokatga uchragan “Titan” batiskafi haqda serial suratga oladi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Qayd etilishicha, rejissyor bu borada yirik striming tarmog‘i bilan muzokara olib bormoqda.

“Titan falokati allaqachon dunyodagi eng yirik strimerlardan biri uchun asosiy serial sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Jeyms esa rejissyorlik uchun birinchi nomzoddir... Bu uning qalbiga yaqin mavzu... U “Titanik” haqidagi hikoyani shunchalik mehr bilan aytib berdiki, bu [serial] uning uchundek tuyuldi. “Titan” bortida bo‘lganlarning qadamlarini orqaga qaytarish juda katta ish, ammo bunga ko‘p vaqt, pul va resurslar ajratiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, serial uchun aktyorlar ham allaqachon tanlana boshlagan. Buning uchun o‘zbek kinoixlosmandlariga “Mars tutquni” filmi orqali yaxshi tanish bo‘lgan Gollivud aktyori Mett Deymon va “Katta kasal” romantik komediyasi qahramoni Kumail Nanjiani tanlab olingan.

Ma’lumot uchun, Jeyms Kemeron 1998 yilda “Titanik” filmi uchun uchta “Oskar” mukofotini, jumladan, “Eng yaxshi film” nominatsiyasi sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Titanik batiskaf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing