Cho‘kib ketgan “Titan” kemasi egasi ijtimoiy tarmoqlardagi barcha akkauntlarini o‘chirib tashladi
Olam
−
16 iyul 2023
10561Cho‘kib ketgan “Titan” suv osti kemasining asoschisi bo‘lgan OceanGate kompaniyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib tashladi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook, Twitter'da kompaniya sahifasi yo‘qolib qolgan. Kompaniyaning Instagram'dagi sahifasi ham o‘chgan. Ushbu ijtimoiy tarmoqdagi yana bir kompaniya sahifasi – OceanGate Expedition o‘chirib tashlangan.
LinkedIn'da ham kompaniya sahifasi ham yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Atlantika okeanining “Titanik” kemasi cho‘kkan qismiga ekspeditsiya uyushtirgan “Titan” suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgan edi. Shundan so‘ng yo‘qolgan batiskafda kislorod tugagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berildi. Keyinroq AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qidiruv hududidan noma’lum qoldiqlar topilganini ma’lum qildi va batiskaf fojiasi sabablari bo‘yicha rasmiy tergov boshlandi.
Ekipaj a’zolari esa halok bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq batiskaf vayronalari orasidan odam qoldiqlari topildi. 7 iyul kuni “Titan” suv osti kemasi halokatidan so‘ng barcha ekspeditsiyalar to‘xtatildi.
LiveBarchasi