OTMlarda onlayn ta’limga o‘tilgani uchun kontrakt miqdori kamaytiriladimi?

Jamiyat

image
“Ota-onalar qarzga botadi”. Deputat OTMlarda kontrakt ta’tillari berishni taklif etmoqda north_east

“Ota-onalar qarzga botadi”. Deputat OTMlarda kontrakt ta’tillari berishni taklif etmoqda

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi sababli o‘rnatilgan karantin sabab oliy ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklda davom etadigan bo‘ldi. Natijada ko‘plarda onlayn ta’lim shakliga o‘tilishi munosabati bilan mart-aprel oylari uchun kontrakt summalari miqdori qayta ko‘rib chiqiladimi, u kamaytiriladimi, degan savollar paydo bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ushbu savolga javob berdi.

“Bugungi karantin kunlarida oliy ta’lim muassasalari xodim va professor-o‘qituvchilariga ham o‘z vaqtida oylik maoshlari, ta’til pullari va talabalarga stipendiyalar mos ravishda Davlat byudjeti va oliy ta’lim muassasalarining kontrakt mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda.

Shuningdek, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etildi. Shu bilan birga, 16 martdan OTM tomonidan masofaviy ta’limning moddiy bazasi va dasturiy platformasi, o‘quv mashg‘ulotlarining elektron resurslari yaratilmoqda. 

Masofaviy ta’lim bevosita o‘quv jarayoni grafigini bahorgi semestrining ikki oyi bo‘yicha kiritilyapti. Ya’ni bahorgi semestrda ko‘zda tutilgan o‘quv dasturlari to‘liq o‘qitiladi va o‘quv yilini o‘rnatilgan tartibda yakunlash uchun barcha sharoit yaratiladi (o‘quv dasturlari qisqarmaydi). Istisno tariqasida shu davr o‘tkazilishi lozim bo‘lgan laboratoriya darslari o‘qishning keyingi semestrida o‘tib beriladi.

Ko‘rinib turibdiki, joriy o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt shartlari ikki tomonlama to‘liq bajarilishi lozim. Kontrakt asosida o‘qitish qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari o‘zgarmagan, shuningdek, bazaviy kontrakt qiymati ijtimoiy himoyalangan miqdorda belgilanganini eslatib o‘tamiz”, dedi Farhod Babashev.

Avvalroq, O‘zbekiston maktablarida 2019-2020 o‘quv yili "Onlayn maktab" tizimi orqali masofadan yakunlanishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1692 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 372 nafari davolangan va  6 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

kontrakt oliy ta'lim

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing