Oliygohlarda “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatmaganlar darsga kiritilmayotgani aytilmoqda (video)
Jamiyat
−
13:19 1301 2 daqiqa
Özbekistonning bir neçta oliy ta’lim muassasalarida talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi bölmaganlar darslarga kiritilmayotgani aytilmoqda.
Jumladan, Toşkent davlat yuridik universiteti talabalaridan biri hozirça ilovani örnatiş majburiy qilinmaganini, biroq ma’muriyat tomonidan uni yuklab oliş söralayotganini bildirgan. Boşqa bir talaba esa universitetda ilovani örnatmaganlar röyxati şakllantirilişi va ularga tanbeh berilişi haqida gap-sözlar tarqalayotganini yozgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan biri esa ertalabdan talabalar universitet kiriş joyida töxtatilib, ilovani örnatişga majburlanayotganini ma’lum qilgan. Uning yozişiça, ilovani örnatiş jarayonida ayrim talabalar darsga keçikkan va ularga davomat böyiça “NB” qöyilgan. Şuningdek, dars vaqtida dekan, dekan örinbosarlari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani örnatmagan talabalarni turişga majbur qilayotgani, rad javobini berganlarga tanbeh berilayotgani aytilgan.
Bundan taşqari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi ikki haftadan beri universitet kiriş joyida talabalar turli APK ilovalarini örnatişga undayotganini yozgan. Uning bildirişiça, avval ham “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talabi qöyilgan.
Talabalar murojaatlarida ilovaning maqsadi va uni örnatiş zarurati yetarliça tuşuntirilmayotgani, xavfsizlikni ta’minlaş istagi talabalarni majburlaş orqali emas, tuşuntiriş işlari bilan amalga oşirilişi kerakligi ta’kidlangan.
Mazkur holat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Bildirilişiça, vazirlik rahbariyati uşbu masalani tezkor örganiş böyiça körsatma bergan. Ayni paytda işçi guruh holatni örganişni boşlagan.
Şuningdek, vazirlik ta’lim jarayonining uzluksizligi va talabalarning ta’lim oliş huquqi ta’minlanişi şartligini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida ötkazilgan bitiruv tadbirida talabalar va ularning ota-onalari zalga kiritilmagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Holat yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirgandi.
Live
Barchasi