Mahkumlarga oliy ta’lim oliş imkoniyati beriladi

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar 2027/2028 öquv yilidan boşlab oliy ta’lim taşkilotlariga kirib, masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqişi mumkin böladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 16 noyabrdagi “Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaşuvini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga köra, 2027/2028 öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, 2030 yilga qadar mehnat bozori talablariga mos kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etiladi. Har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş, ularni kasbga tayyorlaş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.

“Yangi hayot” dasturi doirasida oliy ta’limga qabul qilingan mahkumlarning masofaviy şaklda öqişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.

Bundan taşqari, yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi.

Barça koloniyalarda mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi taşkil etiladi. Şuningdek, koloniyalar kutubxonalarida “Mutolaa” platformasidan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda endi mahkumlar öqigan har bir kitob uçun ularning jazo muddati 3 kunga qisqarişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing