O‘zbekistonda kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi

Jamiyat

−

image

2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1 noyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing