Shifokorlarning farzandlariga kontraktning bir qismini qoplash boshlandi
Jamiyat
−
09:54 586 1 daqiqa
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt to‘lovining bir qismini qoplab berish boshlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 12 iyundagi “Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 310-son qarorida belgilangan.
Ushbu hujjat bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt to‘lovining 30 foizini qoplab berish belgilangan.
Mazkur toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida o‘qish uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravaridan oshmasligi kerak.
Kecha, 8 oktyabrdan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini subsidiya orqali qoplab berish boshlandi. Ya’ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagan.
Subsidiyadan foydalanmoqchi bo‘lganlar ushbu havola orqali ariza berishi mumkin: subsidiya.imv.uz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda pedagoglarga 100 mln so‘mgacha mukofot va yangi imtiyozlar berilishi haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi