Prezident tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini taqdirladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari yiğilganlarni yaqinlaşib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, inson salomatligini asraş yölidagi mehnati uçun minnatdorlik bildirgan.

“Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz”, deydi Prezident.

Sönggi ön yilda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilgan, 58 ming şifo örni yaratilgan. Zamonaviy muassasalar köpayişi va xususiy sektor rivojlanişi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşgan. Ilgari faqat çet elda bajarilgan tuğma yurak nuqsonlarini davolaş, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab amaliyotlar kabi yuzdan ziyod xizmat bugun mamlakatimizda körsatilmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlariga ehtiyojning 70 foizini içki imkoniyatlar hisobidan qoplaş maqsad qilingan. Sönggi yillarda sohada 1 milliard dollarlik 330 ta yangi farmatsevtika quvvati işga tuşirilgan. Hududlarda farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari taşkil etilib, ularda 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Prezident bu özgarişlarda 800 mingdan ziyod tibbiyot va farmatsevtika xodimining munosib hissasi borligini ta’kidlagan. Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş töğrisida farmon imzolangan. Uçraşuvda orden va medallar öz egalariga tantanali ravişda topşirilgan.

Davlat rahbari inson salomatligini asraş, ilğor ilmiy işlanmalar va davolaş usullarini joriy etişda boşqalarga örnak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun “Ibn Sino” ordenini ta’sis etişni taklif qilgan.

Uçraşuvda birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bu borada 28 ta tumanda sinovdan ötkazilgan yangi tizim doirasida 7 million aholi oilaviy şifokorlarga nomma-nom biriktirilgan. Laboratoriyalar işga tuşirilgan, şifokor va hamşiralar öqitilgan, bemorlarning tibbiy yordam oliş tartibi belgilangan. Kafolatlangan tibbiy xizmatlar töplami doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda. Uşbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda joriy etiladi.

Kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş işlari ham kengaytiriladi. Oşqozon, yöğon içak, prostata bezi va öpka saratonini erta aniqlaş işlari Samarqanddan boşlanib, 2028 yildan barça hududlarda yölga qöyiladi. Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi ösmalar va bolalardagi onkogematologik xastaliklarni erta aniqlaş dasturlari davom ettiriladi.

Beş hududda infarkt va insultni erta aniqlaş hamda davolaş dasturi natijasida uşbu kasalliklardan erta ölim beş oyda 15 foizga kamaygan. Kasallik boşlanişidagi “oltin soat”da 855 nafar inson erta ölim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi. 

Kelasi yil dastur bilan barça tuman va şaharlar qamrab olinadi. Aholi uçun bepul beriladigan dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekşiruvlar turi 36 taga yetkaziladi.

Sohada ta’lim, quriliş, sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi va xodimlar madaniyatini qamrab oladigan “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari” joriy etiladi. Birlamçi böğin xodimlari bosqiçma-bosqiç maxsus kiyim-boş bilan bepul ta’minlanadi. Eng yaxşi şifokor va hamşiralarni rağbatlantiriş kengaytirilib, viloyat bosqiçida ğolib bölgan 14 nafar şifokor elektromobil bilan taqdirlanadi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiladigan eng yaxşi önta loyiha muallifiga 200 million sömdan grant beriladi.

Tibbiy xizmat sifati, avvalo, kadrlar tayyorgarligiga boğliqligi qayd etilgan.

“Qança zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng sönggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bölmaydi”, deydi Prezident.

Hozir 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming şifokor tayyorlanmoqda. Kelasi yildan talabalar haftada uç kun bemor bilan işlaşni örganadi, bitiruvçilar esa oxirgi öquv yilini töliq tibbiyot muassasasida amaliyotda ötkazadi. Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 million söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million söm qöşimça ustama tölanadi. 2027 yildan tor soha mutaxassisliklari böyiça rezidenturada öqiş bepul böladi.

Tibbiyot xodimlarining malakasini oşirişga xususiy sektor ham jalb qilinadi. Birlamçi böğin va tumanlardagi xodimlarning öqiş xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş tizimi kelasi yil 1 iyuldan dastlab ixtiyoriy asosda yölga qöyilib, 2030 yildan majburiy böladi. Röyxatdan ötgan şifokor, farmatsevt va hamşiralarga ustama tölanadi.

Yangi tibbiyot muassasalari aholi soni va hududlarning joylaşuvidan kelib çiqib, master-reja asosida taşkil etiladi. Davlat şifoxonalarida tadbirkorlarga zamonaviy uskunalar örnatiş uçun joy ajratilib, körsatilgan xizmatlarga suğurta tizimi orqali haq tölanadi. Gemodializ, laboratoriya, sterilizatsiya, reabilitatsiya va fizioterapiya xizmatlarini xususiy sektordan xarid qiliş kengaytiriladi. 

Kelasi yil har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qiliş böyiça vazifalar belgilangan.

Genomika, hujayra va biotexnologiyalar rivojlanişi bilan birga tibbiy tadqiqotlarda inson huquqlarini himoya qiliş zarurligi ta’kidlangan.

“Inson hayoti va salomatligi bilan boğliq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinçi örinda turişi şart”, deydi Prezident.

Buning uçun bioetika va biotexnologiya sohalarining huquqiy asoslari mustahkamlanadi. Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar böyiça mutaxassislar tayyorlanib, genetik tekşiruv joriy etiladi.

Ixtisoslaşgan markazlar tajribasini hududlarga yetkaziş maqsadida jarroh, anesteziolog, reanimatolog, assistent va hamşiralardan iborat yaxlit jamoalar joylarga yuboriladi. Hududlardagi tibbiyot guruhlari esa markazlarda uç-tört oylik stajirovkadan ötadi.

Kelasi yildan 26 ta ixtisoslaşgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt tuziladi. Ularning faoliyati sohadagi yangiliklar, quyi böğin xodimlari malakasini oşiriş va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etişga qarab baholanadi. Şifoxona va poliklinikalar işiga aholining özi baho beradigan mexanizm yölga qöyiladi. Şifokor va hamşiralar iş haqini belgilaşda aholining tibbiy xizmatdan qoniqiş darajasi asosiy mezon böladi.

Kelgusi yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yönalişlarda önta sun’iy intellekt tizimi işga tuşiriladi. 

Şifokorlar assotsiatsiyalarining faoliyatini jonlantiriş, ularning rahbarlarini a’zolar tomonidan ikki-uç yilga saylaş tizimiga ötiş zarurligi ham qayd etilgan.

Uçraşuvda tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari e’lon qilingan. Sohada kamida 15 yil işlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplaş uçun 50 milliard söm ajratilgan. Kelasi yil şu imkoniyat orqali ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga köçib ötadi. Har yili 500 nafar yoş xodimning ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplanadi. Olis hududlarda işlaydigan şifokorlarning oylik qöşimça ustamasi 4,5 million sömga oşirilib, u yerda iş boşlaganlarga 50 million söm bir martalik rağbat puli beriladi.

Xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandoş şifokorlarni mamlakatga jalb etiş uçun ham yangi tizim yölga qöyiladi. Ularga 50 million sömgaça oylik ustama tölanadi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan iş joyi va öz jamoasini şakllantiriş imkoniyati yaratiladi. 

Uçraşuvda soha vakillarining taklif va taşabbuslari tinglangan. Mutasaddilarga belgilangan vazifalarni amalga oşiriş va bildirilgan takliflar ustida birgalikda işlaş böyiça topşiriqlar berilgan.

“Men bir narsani sörayman: har bir tibbiyot xodimi öziga savol bersin – bugun inson salomatligi uçun keçagidan köra köproq nima qila oldim? Agar har birimiz şu savolga javob qidirib işlasak, tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta özgarişlar böladi”, deydi Prezident yakunda. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing