Prezident tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini tabrikladi
Jamiyat
−
12:02 734 3 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşib, ularni yaqinlaşib kelayotgan kasb bayrami bilan tabrikladi va mehnati uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
“Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz”, deydi Prezident.
Sönggi ön yilda mamlakatda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşgan, 58 ming şifo örni yaratilgan. Zamonaviy şifoxonalar köpayib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşgan.
Ilgari çet elda amalga oşirilgan tuğma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatda bajarilmoqda.
Prezident bu natijalarda tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvçi örin tutayotganini qayd etgan.
Tibbiyotni raqamlaştiriş böyiça işlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda.
“Yaqinda bu tizimni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan yanada boyitib, şifokor va hamşiralarning haqiqiy kömakçisiga aylantiramiz, deydi davlat rahbari.
Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini içki imkoniyatlar hisobidan qoplaş maqsad qilingan. Şu bois, sönggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat işga tuşirilgan.
“Toşkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toşkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari taşkil etilgan. Ularda 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda.
Prezident tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidlagan.
Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş haqida farmon imzolangan. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor.
Uçraşuvda mamlakat yetakçisi davlat mukofotlarini öz egalariga tantanali ravişda topşirgan.
Inson salomatligini asraş, ilğor ilmiy işlanmalar va davolaş usullarini joriy etişda barçaga örnak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun alohida davlat mukofotini ta’sis etiş taşabbusi ham ilgari surilgan. U buyuk Ibn Sino nomi bilan ataladi.
“Doim aytaman, birlamçi böğin qança yaxşi işlasa, xalqimiz şunça soğlom böladi”, deydi Prezident.
Şu maqsadda 28 ta tumanda birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş böyiça yangi tizim sinovdan ötkazilgan. Uşbu tumanlarda 7 million aholi oilaviy şifokorlarga nomma-nom biriktirilgan, ikki tomonning vazifa va majburiyatlari özaro bitimda belgilangan.
Yangi laboratoriyalar işga tuşirilib, şifokor va hamşiralar öqitilgan, “bemor marşruti” işlab çiqilgan. Bu poliklinikalarga aholi işonçini oşirgan. Kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.
Birlamçi böğinda samara bergan uşbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda yölga qöyiladi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr