Olmaotada kuchli zilzila yuz berdi

Olam

image

Qozog‘istondagi Olmaota shahri aholisi bugun, 4 mart kuni kuchli zilzila sodir bo‘lganini his qildi. Shaharda sirenalar eshitildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:22 da Olmaotada zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Qozog‘istonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan. Olmaotada zilzila kuchi 5 ballni tashkil etgan. 

“O‘zaro hamkorlik algoritmiga ko‘ra, tegishli davlat organlari xabardor qilindi. Ichki ishlar organlarining tezkor navbatchisiga shahardagi bino va inshootlarni vayron bo‘lganligi va shikastlanganligini vizual tekshirish to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun ma’lumotlar kiritildi, vayronagarchiliklar mavjudligi va hayotni ta’minlash ob’ektlari faoliyati monitoringi olib borilmoqda”, deyiladi FVB xabarida. 

Internetda ko‘plab odamlar kvartiralar va ofislardan ko‘chaga yugurayotgani tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Videolarda mashinalar signalizatsiyasi ishlab ketganini eshitish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvarga o‘tar kechasi Olmaota aholisi kuchli yer silkinishini his qilgan edi. Zilzila 5 balli deb baholangan. Olmaotadagi zilzila oqibatida 60 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgani ma’lum bo‘ldi. Olmaota viloyatida zilziladan keyin 40 dan ortiq binolarda yoriqlar aniqlangan.  

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota shahrida yaqin kunlarda 12 balli zilzila sodir bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi buni rad etdi va zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyni prognoz qilishning deyarli imkoni yo‘qligini bildirdi.

23 fevral kuni Qozog‘istonning barcha hududlarida rejali seysmik tayyorgarlik ishlari o‘tkazildi. Olmaota Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Nurlan Atiqayev mazkur tadbir aholini ekstremal vaziyatlarga tayyorlash va xavfsizlik madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilganini aytgan


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston zilzila Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing