Oq tanli amerikaliklar yarashish belgisi sifatida qoralarning oyoqlarini yuvishdi (video)

Jamiyat

image

AQSHning Shimoliy Karolina shtatida mahalliy cherkov vakillari vafot etgan Jorj Floydni xotirlash uchun namoyish uyushtirishdi. Namoyishda ular qora tanli odamlarning oyog‘ini yuvib qo‘yishgan. Bu haqda "Medialeaks" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, "kamtarlik va muhabbat" izhor etish oq tanli politsiyachilar va oddiy fuqarolar ishtirok etgan namoyishning maqsadi bo‘lgan. Ushbu maqsadda ular diniy jamoaning qora tanli vakillarining oyoqlarini yuvdilar.

Yaqin atrofda bo‘lgan odamlar bu holatlarni tasvirga olishdi. Tasvirlar keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda qora tanli erkak va ayolning o‘rindiqda o‘tirganlari, "kamtarlik va muhabbat"ni izhor etayotgan fuqarolar esa oyoqlarini yuvayotgani ko‘rsatilgan. Keyin faollardan biri mikrofonda qora tanlilardan uzr so‘ragan.

Biroq, ijtimoiy tarmoqlarning ko‘p foydalanuvchilari bu holatni norozi kayfiyatda qabul qilishdi. Ularning ko‘plari videoni tanqid qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turdi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan bo‘lsa ham huquq-tartibot idorasi xodimi bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Sud-tibbiy ekspertizasi Jorj Floyd boshqa yondosh kasalliklardan emas, aynan bo‘yin va yelkaning qattiq bosilishidan nafas ololmay o‘lganini ta’kidladi.

Amerika shaharlarida boshlangan taloto‘pda 11 kishi halok bo‘lgani aytildi. AQSHda boshlangan noroziliklar FransiyaGretsiya, qisman Buyuk Britaniya va Germaniyaga ham ta’sir qildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Jorj Floyd

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing