Floydni o‘ldirishda aybdor deb topilgan sobiq politsiyachi nimadan norozi?
Olam
−
05 may 2021
8166Afroamerikalik Jorj Floydning qotilligida aybdor deb topilgan Minneapolis politsiyasining sobiq xodimi Derek Shoven suddan ishni qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda. Bu haqda NBC telekanali xabar bergan.
Talab Shovenning advokati Erik Nelson tomonidan qo‘yilgan.
Apellyatsiyaga ko‘ra, o‘tgan sud jarayonida sudlanuvchining huquqidan foydalanilmagan.
Avvalroq, Jorj Floydni o‘ldirishda ayblanayotgan sobiq politsiyachi Derek Shoven barcha moddalarda aybdor deb topilgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil 25 may kuni Minneapolisda 46 yoshli amerikalik Jorj Floyd Shoven tomonidan o‘ldirilgan. Internetda sobiq politsiyachi Floydning bo‘yniga tizzasini bosgan va u nafas ololmayotganini takrorlagan videorolik ko‘plab amerikaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari Minneapolisni, keyin Amerikaning boshqa shaharlarini qamrab olgan va hatto, AQSH tashqarisiga ham tarqalgan. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklarga, buzg‘unchilik harakatlariga, do‘konlarni yoqish va talon-toroj qilishga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr