Shahzoda Garri oilasini tark etganidan keyin ham otasidan pul olishda davom etgan — OAV

Olam

image
Shahzoda Uilyam maxfiy ravishda AQSHga boryapti – OAV north_east

Shahzoda Uilyam maxfiy ravishda AQSHga boryapti – OAV

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan aloqani uzganidan keyin ham bir necha oy davomida shahzoda Charlzdan moliyaviy yordam olishda davom etgan. Bu haqda “Daily Star” axborot manbasiga asoslanib xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash 2020 yilning o‘rtalariga qadar davom etgan va shu vaqt ichida shahzoda Charlz o‘z o‘g‘illari Uilyam va Garri hamda ularning oilalari ehtiyojlariga 4,4 million funt sterling(6,1 million dollar) yuborgan. Shuningdek, manba ushbu summaning qaysi qismi Sasseks gersogi va gersoginyasi hisobiga tushganini aniq bilmaydi, ammo uning “muhim” ekanini ta’kidlamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi. Hozirda shahzoda Garri oilasi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 

Avvalroq, valiahd shahzoda Charlz nabirasi Archining (Sasseks gersogi Garrining o‘g‘li — tahr.) shahzoda unvonini olishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida xabar bergandik.   

Bungacha Uilyam ukasi, shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni “o‘g‘irlikda” ayblagandi.   

Shuningdek, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining oila a’zolariga nabirasi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning haqiqatga mos kelmaydigan har qanday bayonotlarini rasmiy ravishda rad etishga ruxsat bergandi.    

Bunga Sasseks gersogi Garrining yangi tug‘ilgan qiziga Lilibet ismini bergani sabab bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl joriy yilning 4 iyun kuni ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Qizaloqqa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Garrining onasi – malika Diana sharafiga Lilibet Diana deya ism qo‘yilgan. Gap shundaki, Yelizaveta II ni tor oilaviy doirada Lilibet deya chaqirishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Garri Megan

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing