Shahzoda Garri otasi haqidagi savolga javob bermadi
Olam
−
21 aprel 2022
6292Buyuk Britaniya shahzodasi Garri “Today” nashriga bergan intervyusida otasi haqida gapirishni xohlamadi.
Garridan otasi shahzoda Charlz va akasi shahzoda Uilyamni sog‘ingan yoki sog‘inmaganligi haqida so‘ralgan. Ushbu savolga gersog noaniq javob bergan.
“Ayni damda bor e’tiborimni shu yigitlar (“Yengilmas o‘yini”da ishtirok etayotgan sportchilar bo‘lishi mumkin) va ularning oilalariga qaratganman. Men ularga qo‘limdan kelganini beraman. Umr bo‘yi ular bilan qoladigan tajribaga ega bo‘lishlariga ishonch hosil qilishni xohlayman. Mening diqqatim shu yerda. Bu yerdan ketganimda, juda sog‘ingan oilamga e’tibor qarataman”, degan gersog.
Shahzoda Garri, shuningdek, rafiqasi Megan Markl bilan buvisi qirolicha Yelizaveta II ning Platina yubileyida qatnashish-qatnashmaslik haqida hali qaror qilmaganini aytgan.
“Hali bilmayman. Turli xil nyuanslar, xavfsizlik muammolari va boshqa narsalar mavjud. Hozir men bolalarimni u bilan tanishtirishga harakat qilyapman”, degan gersog.
Ma’lumot o‘rnida, shahzoda Garri va Megan Markl joriy yil aprel oyining o‘rtalarida qirollik oilasi a’zolarini ziyorat qilish uchun Londonga tashrif buyurgan. Aytilishicha, Garri va uning oilasining tashrifidan hamma ham xursand bo‘lmagan. Shahzoda Charlz ham kenja o‘g‘lining kelganidan xafa bo‘lgani aytilmoqda.
Hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi