Rossiyaga josuslik qilişda gumonlangan AQŞ harbiysi Britaniyada qölga olindi

Olam

−

image

Britaniyada AQŞ armiyasining 41 yoşli yuqori martabali harbiy xizmatçisi Rossiya foydasiga josuslik qilişda gumonlanib hibsga olindi. U NATOning Ittifoqçi tezkor javob korpusi qarorgohi joylaşgan kazarmada xizmat qilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, harbiy keça, 10 noyabr kuni Angliyaning Gloster şahri yaqinida qölga olingan. U Britaniyaning 2023 yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik töğrisidagi qonunining birinçi va uçinçi moddalari asosida hibsga olingan. Uşbu moddalar himoyalangan ma’lumotlarni qölga kiritiş yoki oşkor qiliş, şuningdek, xorijiy razvedka xizmatiga yordam beriş bilan boğliq.

Ma’lumotlarga köra, gumonlanuvçi Glosterşir grafligidagi Insvort hududida joylaşgan Imjin kazarmasida xizmat qilgan. Mazkur kazarma NATOning Ittifoqçi tezkor javob korpusi (ARRC) qarorgohi hisoblanadi. U alyansning strategik tezkor harbiy bazalaridan biri sifatida faoliyat yuritadi.

Tergov doirasida politsiya Glosterşir grafligidagi ikki manzilda tintuv ötkazmoqda. Hozirda ismi oşkor etilmagan harbiy London politsiya mahkamasida saqlanmoqda. Britaniya qonunçiligiga köra, Milliy xavfsizlik töğrisidagi qonun asosida gumonlanuvçini ayblov e’lon qilinmasdan 14 kungaça hibsda saqlaş mumkin.

AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI) direktori Keş Patel mazkur hibsga oliş holatini josuslik bilan boğliq jiddiy gumonlar sifatida baholagan. Uning aytişiça, bunday xatti-harakatlar AQŞ va uning ittifoqçilari xavfsizligiga tahdid soladi. Patel FBI davlatga sodiqlik qasamyodini buzgan va milliy xavfsizlikka zarar yetkazgan şaxslarga nisbatan murosasiz ekanini bildirgan.

Britaniya Terrorizmga qarşi kuraş politsiyasi London bölimi rahbari örinbosari Viki Evans ham hibsga olişni muhim voqea deb atagan. U gumonlar jiddiy ekanini va tergov davom etayotganini ta’kidlagan.

AQŞ armiyasi Kontrrazvedka qömondonligi rahbari, brigadir general Şon Stançon esa yuqori martabali harbiyning maxfiy ma’lumotlarga işonib topşirilgan şaxs sifatida gumon ostiga olinişi içki tahdidlar mavjudligini yana bir bor körsatişini aytgan. U şubhali holatlarga guvoh bölganlarni kontrrazvedka idoralariga xabar berişga çaqirgan.

Britaniya politsiyasi mazkur iş boşqa davom etayotgan tergovlar bilan boğliq emasligini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada akkreditatsiyadan ötgan Yaponiyaning “Xokkaydo Simbun” gazetasi jurnalisti Imai Yuki Rossiya hududida razvedka faoliyatini olib borganlikda ayblanib, qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing