OAV: Navalniy yangicha “Novichok” bilan zaharlangan. Ish ortida razvedka bor
Olam
−
10 Sentabr 2020
7710Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy “omadli vaziyatlar zanjiri” sabab omon qolgan. Bu haqda “Die Zeit” jurnali yozmoqda.
Nashr Navalniy chiqqan samolyot uchuvchisining zudlik bilan Omskka qo‘nishini va shifokorlarning unga atropin berishini siyosatchining omon qolishidagi eng muhim jihat ekanini ta’kidlagan.
Bundesverning farmokologiya va toksikologiya institutining ta’kidlanishicha, Aleksey Navalni “Novichok” zaharining yangi, modifikatsiyalangan versiyasi bilan zaharlangan.
“Navalniy samolyot bortida o‘lishi kerak edi. Berlinning taxminlariga ko‘ra, uning hamon tirikligiga uchuvchining tezda samolyotni qo‘ndirishi va Navalniyga zaharga qarshi atropin berilishi kabi omadli vaziyatlar zanjiri sabab bo‘ldi”, deya yozgan nashr.
“Novichok”ning yangi modifikatsiyasi yanada ajalovart va bizga ma’lum bo‘lganlaridan ko‘ra sekinroq ta’sir qiladi. Zahar izlari Navalniyning qo‘li va u suv ichgan idishda aniqlangan.
“Bunday o‘lim va murakkab zahar bilan faqatgina razvedka operatsiya o‘tkazishi mumkin. “Novichok”ning yangi varianti mavjudligi qandaydir rossiyalik oligarx uni qo‘lga kirigani haqidagi ma’lumotni inkor qiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu ikki elementli zaharni tayyorlash uchun oddiy jinoyatchilar kira olmaydigan laboratoriya kerak. Bundan tashqari, Germaniya maxsus xizmatlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati sinchkovlik bilan kuzatayotgan navalniyni xorijiy razvedka amalga oshirganini aqlga sig‘mas ish deb baholayapti.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga samolyotda qaytayotganda tobi qochib, zudlik bilan Omskdagi shifoxonaga yotqizildi. Uning tarafdorlari Navalniyni Germaniyaga olib ketish harakatiga tushdi. Ammo ikki kun davomida Omskdagi shifoxona shifokorlari uni ko‘chirishga ruxsat bermay keldi.
Bu orada Navalniyni zaharlangan deb taxmin qilayotganlar bu harakatni Kremlning rejasi deb baholadi. Ikki kundan keyin siyosatchi Berlinga olib ketildi. Germaniya Hukumati Rossiyadan holat bo‘yicha shaffof tekshiruv boshlashni so‘radi. Kreml bu chaqiruvga munosabat bildirib, zaharlanishni isbotlovchi dalil yo‘qligini ma’lum qildi.
Germaniya esa ittifoqchilari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilish bo‘yicha muhokamalarni boshlab yubordi. Xususan, Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiyaning tanobini tortib qo‘yish kerakligini aytmoqda.
"Der Spiegel" nashri Navalniyning terisi, peshob va qonida zaharlovchi modda aniqlanganini ma’lum qildi.
Rossiya esa bildirilayotgan ayblovlarga nisbatan, G‘arb davlatlari va NATOni "Novichok" guruhiga kiruvchi kimyoviy modda o‘ylab topishda aybladi.
LiveBarchasi