Aleksey Navalniy sun’iy koma holatidan chiqarildi
Olam
−
07 Sentabr 2020
7279Germaniya poytaxti Berlindagi klinikada davolanayotgan rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning ahvoli yaxshilashdi. Shifokorlar uni sun’iy koma holatidan chiqardi.
“22 avgustdan beri Charite klinikasida davolanayotgan Aleksey Navalniyning ahvoli yaxshilashdi”, deyiladi klinika bayonotida.
Hozirda uni sun’iy koma holatidan chiqarishgan va asta-sekinlik bilan o‘pkani sun’iy shamollatish apparatidan ham uzishyapti.
Ayni vaqtda Navalniy o‘ziga qarata qilingan murojaatga tepki bera boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga samolyotda qaytayotganda tobi qochib, zudlik bilan Omskdagi shifoxonaga yotqizildi. Uning tarafdorlari Navalniyni Germaniyaga olib ketish harakatiga tushdi. Ammo ikki kun davomida Omskdagi shifoxona shifokorlari uni ko‘chirishga ruxsat bermay keldi.
Bu orada Navalniyni zaharlangan deb taxmin qilayotganlar bu harakatni Kremlning rejasi deb baholadi. Ikki kundan keyin siyosatchi Berlinga olib ketildi. Germaniya Hukumati Rossiyadan holat bo‘yicha shaffof tekshiruv boshlashni so‘radi. Kreml bu chaqiruvga munosabat bildirib, zaharlanishni isbotlovchi dalil yo‘qligini ma’lum qildi.
Germaniya esa ittifoqchilari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilish bo‘yicha muhokamalarni boshlab yubordi. Xususan, Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiyaning tanobini tortib qo‘yish kerakligini aytmoqda.
"Der Spiegel" nashri Navalniyning terisi, peshob va qonida zaharlovchi modda aniqlanganini ma’lum qildi.
Rossiya esa bildirilayotgan ayblovlarga nisbatan, G‘arb davlatlari va NATOni "Novichok" guruhiga kiruvchi kimyoviy modda o‘ylab topishda aybladi.
LiveBarchasi