Nur-Sultonda terrorchilik xavfining yuqori “to‘q sariq” darajasi joriy qilindi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida 14 kunlik terrorchilik xavfining yuqori “to‘q sariq” darajasi joriy qilindi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining “Axborot monitoringi va aholini terrorizm akti tahdidi yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilishda davlat tizimini tashkil etish va faoliyat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq poytaxt Nur-Sulton shahrida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab boshlig‘ining qarori bilan yanvar oyidan boshlab 14 kun muddatga terrorchilik xavfining yuqori “to‘q sariq” darajasi belgilandi.

Shuningdek, Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab boshlig‘i fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatiga tushunarli munosabatda bo‘lish, ularning qonuniy talablariga rioya etishni so‘ragan.

Avvalroq, Qozog‘istonning 14 viloyatida, jumladan, poytaxtda terrorchilik xavfining “qizil” darajasi bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev va uning oilasi mamlakatni tark etgani, jiyani Samat Abish hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bularning hech biri isbotini topmadi. Shundan so‘ng, Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyev mamlakat poytaxtida bo‘lib turganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing