Nigerdagi isyonchilar tarafdorlari poytaxtda miting o‘tkazdi
Olam
−
21 avgust 2023
8764Niger poytaxti Niameydagi Milliy Assambleya oldiga namoyishchilar to‘planib, G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatiga (ECOWAS) a’zo davlatlarning harbiy aralashuviga qarshi norozilik bildirdi. Bu haqda xabar NU berdi.
Miting ishtirokchilari harbiy ma’muriyatning hukmron organi – “Vatan himoyasi milliy kengashi”ni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan.
Yig‘ilganlarning ba’zilari “Yo‘qolsin, Fransiya” yozuvi va Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib yurgan.
Isyonchilar boshlig‘i general Abdurahmon Chiani vatandoshlariga telemurojaatida hokimiyatni uch yildan kechiktirmay fuqarolik hokimiyatiga qaytarishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida Nigerda davlat to‘ntarishi o‘tkazilgan, Prezident Muhammad Bazum hokimyatdan ag‘darilgandi. U va uning oilasi isyonchilar tomonidan qo‘lga olindi. ECOWAS esa Abdurahmon Chiani boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilardan Bazumni ozod etish va hokimyatni saylangan prezidentga qaytarishni talab qildi. Aks holda Nigerga harbiy intervensiya qilishni ham istisno qilmasligini bildirdi. 19 avgust kuni esa ECOWAS davlatlari Bosh shtablari rahbarlari harbiy aralashuv uchun kun belgilaganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Nigerdagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan Mali va Burkina-Faso hukumatlari Niameyga jangovar samolyotlar yubordi.
LiveBarchasi