Polşada davlat töntarişiga uriniş bölgani e’lon qilindi (video)
Olam
−
11:12 1207 3 daqiqa
Polşada davlat töntarişiga uriniş bölgani e’lon qilindi. Olomon Varşavadagi Konstitutsiyaviy sud binosiga bostirib kirişga urindi. Bu haqda Konstitutsiyaviy tribunal vitse-raisi Bartolomey Soxanskiy ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, keça, 30 oktyabr kuni tribunal veb-saytida Soxanskiy va tribunal rahbari Bogdan Svençkovskiyning vakolatlari vaqtinça töxtatilgani haqida xabar paydo bölgan.
“Menga tribunal va mustaqil sudyaning mustaqilligiga bunday aralaşişga imkon beradigan heç qanday huquqiy asoslar ma’lum emas. Davlat töntarişi yuz bermoqda”, deydi Soxanskiy.
Ma’lum bölişiça, vakolatlarni bir oyga töxtatib turiş töğrisidagi qarorni tribunal sudyasi Anna Korvin-Piotrovska çiqargan. Uşbu qarorga ularning Seym tomonidan saylangan tört nafar sudyaga Konstitutsiyaviy tribunalning umumiy yiğilişida iştirok etişni rad etgani va bu qarorlar qabul qilinişiga tösqinlik qilgani asos qilib olingan. Şu bilan birga, Korvin-Piotrovska eng uzoq iş stajiga ega bölgan sudya sifatida Konstitutsiyaviy tribunalni taşkil etiş va uning iş tartibi töğrisidagi 2016 yilgi qonunga tayangan holda tribunal rahbari vazifasini öz zimmasiga olgan.
Tribunal qaroridan söng sud binosi oldida namoyişlar boşlangan, tribunal hududiga esa politsiya kirgan. Bino oldiga tribunal rahbari Bogdan Svençkovskiy ham yetib borgan, ammo politsiya uni sud hududiga ötkazmagan. Şundan söng, u yiğilgan namoyişçilardan lom söragan. Namoyişçilardan biri özini çilangar deb taniştirgan va panjarani buzib oçgan. Ammo keyin Svençkovskiyni politsiya ötkazmagan. U “barça qonuniy sudyalar” bugun, 31 oktyabr kuni u yerga borişini va binoga kirişni talab qilişini qöşimça qilgan.
Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy (partiyaviy bölmagan, muxolif “Qonun va adolat” partiyasi tomonidan qöllab-quvvatlanadi) Senegalga qilgan taşrifini şoşilinç ravişda töxtatgan va mamlakatga qaytmoqda. Öz navbatida, Polşa Boş vaziri Donald Tusk (boşqa partiyalar bilan birga hukmron koalitsiyani şakllantirgan “Fuqarolik koalitsiyasi” yetakçisi) “qonun ustuvorligi qayta tiklanayotganini” ma’lum qilgan.
“Qonun va adolat” (PiS) partiyasi boşqaruvi davridagi bir neça yillik qonunsizlikdan söng bu jarayon oson keçmayapti, ba’zida oğriqli bölmoqda va qat’iy harakatlarni talab qilmoqda. Boşqa yöl yöq”, deydi u.
Polşaning sobiq prezidenti Andjey Duda (“Qonun va adolat” partiyasi vakili) X ijtimoiy tarmoğidagi öz sahifasida Polşa Jinoyat kodeksining 128-moddasi – “Davlat töntarişi” matnini töliq e’lon qilgan.
Live
Barchasi30 Oktyabr