Krakovda terakt uyuştirgan erkak şifoxonada vafot etdi

Olam

−

image

Polşaning Krakov şahrida terakt uyuştirgan erkak şifoxonada vafot etdi. Bu haqda politsiya xabar qildi.

“Fojiali voqealar aybdori bugun ertalab şifoxonada vafot etdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, prokuratura 6 kişining halok bölişi va yana 16 kişining jarohatlanişiga olib kelgan terakt böyiça jinoyat işi qözğatgan. Bundan taşqari, 24 yoşli gumonlanuvçi Mixal Oksinskiyga nisbatan ota-onasi va singlisini öldirganlik böyiça ham jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, 7 noyabr kuni qurollangan 24 yoşli erkak maşinada Krakovning Boş bozor maydoniga uçib kirgan va yölovçilarga qarata öt oçgan edi. Otişma oqibatida olti kişi halok böldi, 16 kişi, şu jumladan ikki nafar politsiyaçi jarohat oldi. Otişma sodir etgan şaxs politsiya bilan otişmada yaralanib, oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan edi.

Tekşiruv davomida Mixal Oksinskiy öz oilasining uç a’zosini ham öldirgani ma’lum böldi. Ostrovets-Sventokşiskiy şahridagi xonadonda uning ota-onasi va singlisining jasadi topilgan. 

Polşa Boş vaziri Donald Tusk sodir bölgan voqeani terakt deb atadi. Prezident Karol Navrotskiyning qarori bilan mamlakatda 8 va 9 noyabr kunlari milliy motam deb e’lon qilindi. Krakovda esa motam 11 noyabrgaça davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing