Polşa Rossiya elçisini mamlakatdan çiqarib yuboriş uruşga sabab bölişidan ogohlantirdi
Olam
−
982 2 daqiqa
Rossiya elçisini Polşa hududidan çiqarib yuboriş ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni keskinlaştirib, hatto uruş xavfini yuzaga keltirişi mumkin. Bu haqda Polşa Milliy mudofaa vaziri örinbosari Stanislav Vsentek “Polskie Radio 24“ radiosining “24 savol“ dasturida ma’lum qildi.
U Polşa radiosi efirida sözlar ekan, Rossiya elçisining mamlakatdan çiqarib yuborilişi Moskvaning javob çoralariga sabab bölişini aytgan.
“Rossiya elçisining Polşadan çiqarib yuborilişi ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yomonlaştirişi mumkin, bu esa “amalda uruşga olib kelişi mumkin”, degan Polşa Milliy mudofaa vaziri örinbosari Stanislav Vzetek Polşa radiosida.
Bundan taşqari, Rossiyaning Polşadagi diplomatik vakolatxonasi yopilsa, Varşava Rossiya içida sodir bölayotgan voqealarni kuzatiş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin.
“Diplomatik aloqalarni uzmaslik muhim. Bu eng oxirgi çora bölişi kerak“, degan Vsentek.
Vazir örinbosari, şuningdek, Ukraina hududiga uçirilgan Rossiya raketalarini havoda urib tuşiriş masalasi NATO darajasida ham hal qilinişi kerakligini bildirgan. Uning aytişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlar yanada keskinlaşişini istamaydi. Şu bilan birga, Vsentek Vaşington bunday qarorni tösib qöyayotgani haqidagi fikrni haddan taşqari keskin deb hisoblaşini aytgan.
Bir kun avval Rossiyaning Polşadagi elçisi Georgiy Mixno Polşa Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan edi. Bunga Rossiya tomonidan Polşa havo hududi buzilgani haqidagi ayblovlar sabab bölgan. Elçiga norozilik notasi topşirilgan, biroq u ayblovlarni rad etib, buning uçun işonçli va tekşiriladigan dalillar yöqligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 20 noyabr kuni Polşa Milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş mamlakat hududiga ikkita raketa va dron qulaganini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan, muhim infratuzilma ob’ektlariga ham zarar yetmagan. Vazir qulagan snaryadlar Rossiyaga tegişli ekanini aytgan, biroq bunga dalil keltirmagan.
Live
Barçasi